2025-yilgi Osiyo U-17 Osiyo Kubogi - Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi (shu jumladan, U-16 chempionatining oldingi nashrlari) 20-marta oʻtkaziladi. 2024-yil 24-may kuni AFC turnirga Saudiya Arabistoni mezbonlik qilishini eʼlon qilgan.

Turnirda jami 16 ta jamoa ishtirok etadi. Turnirning eng yaxshi sakkizta jamoasi (yaʼni barcha chorak finalchilar) 2025-yilda Qatarda (mezbon Qatar avtomatik ravishda sifatida yoʻllanma olgan) boʻlib oʻtadigan FIFA U-17 Jahon chempionatiga AFC vakillari sifatida yoʻllanma oladi.

Yaponiya 2023-yilda chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan va bu jamoa tarixidagi toʻrtinchi sovrin edi. Ular chorak finalda Saudiya Arabistoniga magʻlub boʻlib, musobaqani tark etgan. Final oʻyinida mezbon Saudiya Arabistoni Oʻzbekistonga qarshi bahs olib bordi. Saudiya Arabistoni oyin davomida ikki kishilik ustunligidan foydalana olmadi (Oʻzbekiston terma jamoasidan 2 futbolchi oʻyin davomida chetlatilgan) va yakunda hisob 2-0 hisobida Oʻzbekiston foydasiga yakunlandi. Guruh bosqichidagi (Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi 3-0 hisobida Saudiya Arabistonini magʻlub etgan) kabi bu safar ham Oʻzbekiston Saudiya Arabistonidan ustun keldi. Oʻzbekiston oʻz tarixidagi ikkinchi chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi.

Saralash boshqichi

Saralash oʻyinlari 2024-yil 19-27-oktyabr kunlari boʻlib oʻtgan.

Saralangan jamoalar Jami 16 ta jamoa, shu jumladan mezbon Saudiya Arabistoni final turniriga yoʻllanma olgan.

Jamoa Sifatida saralanganUmumiy ishtirok Eng yaxshi natija 12 (1985, 1988) 12 (2010, 2014) 3-marta (2018, 2023) 16-marta (1986, 2002) 13-marta (1998) 11-marta (2012) 17-marta (1994, 2006, 2018, 2023) 8-marta (2010, 2014, 2018) 8-marta (1990) 8-marta (2002) 5-marta (2018) 16-marta (1992, 2004) 9-marta (2000) 7-marta (1990) 13-marta (2008) 11-marta (1996, 2000) 1 Qalin yozuv oʻsha yilgi chempionlarni koʻrsatadi. Kursiv oʻsha yildagi mezbonlarni bildiradi.

Stadionlar Turnirni oʻtkazish uchun 2 ta mezbon shahardagi 4 ta stadiondan foydalaniladi: Jidda Qirol Abdulloh stadioni Shahzoda Abdulloh Al-Faysal stadioni Sigʻimi: 60,000 Sigʻimi: 25,000 2025-yilgi Osiyo U-17 Osiyo Kubogi (Saudiya Arabistoni) stadionlarining joylashuviToif Qirol Fahd stadioni Okadh sport klubi stadioni Sigʻimi: 20,000 Sigʻimi: 1,500

Oʻyin rasmiylari

Hakamlar

Daniel Elder Dong Fangyu Jin Jingyuan Venkatesh Ramachandran Nagamine Koki Mahmoud Al-Sawalmeh Ali Alachkar Mohammed Al-Shammari Faisal Al-Balawi Kim Yu-jeong Abdullo Davlatov Torphong Somsing

Yordamchi hakamlar

Bao Mengxiao Wu Mingfeng Lam Nai Kei Sam Vairamuthu Parasuraman Nishihashi Isao Hamza SaʼAdeh Yousuf Al-Shamari Faisal Al-Qahtani Ibrahim Al-Dakhil Vafo Karaev Nuannid Dornjangreed

Qurʼa Final turniriga qur’a tashlash marosimi 2025-yil 23-yanvar kuni Malayziyaning Kuala Lumpur shahridagi OFK qarorgohida boʻlib oʻtgan. 16 ta jamoa toʻrtta jamoadan iborat toʻrtta guruhga ajratilgan. Jamoalar soʻngi uchta turnirdagi (2016, 2018, 2023) natijalariga koʻra saralangan, mezbon davlat Saudiya Arabistoni avtomatik ravishda turnirga saralangan va qur’ada A1 pozitsiyasidan oʻrin olgan. 1-savat2-savat3-savat4-savat

Jamoalar tarkibi

Turnirda 2008-yil 1-yanvardan 2010-yil 31-dekabrgacha tugʻilgan oʻyinchilar ishtirok etishlari mumkin. Har bir jamoa kamida 18 nafar va koʻpi bilan 23 nafar oʻyinchidan iborat tarkibni roʻyxatdan oʻtkazishi kerak, ulardan kamida uchtasi darvozabon boʻlishi kerak (Musobaqa nizomi, 26.3-modda).

Guruh bosqichi Guruh gʻoliblari va ikkinchi oʻrin sohiblari chorak finalga yoʻl olganidan soʻng 2025-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatiga ham yoʻllanmaga ega boʻladi.

Taybreykerlar Jamoalar ochko boʻyicha (3 ochko gʻalaba uchun, 1 ochko durang uchun, 0 ochko magʻlubiyat uchun) va agar ochkolar boʻyicha teng boʻlsa, reytinglarni aniqlash uchun berilgan tartibda quyidagi tenglik mezonlari qoʻllanildi: Teng jamoalar oʻrtasidagi oʻzaro oʻyinlarda ochkolar; Teng jamoalar oʻrtasidagi oʻzaro oʻyinlarda gollar farqi; Teng jamoalar oʻrtasidagi oʻzaro oʻyinlarda kiritilgan gollar; Agar ikkitadan ortiq jamoa teng boʻlsa va yuqoridagi barcha oʻzaro oʻyin mezonlari qoʻllanilgandan soʻng ham jamoalar toʻplami teng boʻlsa, yuqoridagi barcha oʻzaro oʻyin mezonlari faqat ushbu jamoalar toʻplamiga qayta qoʻllaniladi; Guruhlardagi barcha oʻyinlarda gollar nisbati; Guruhning barcha oʻyinlarida kiritilgan gollar; Penalti seriyasi agar faqat ikkita jamoa durang oʻynagan boʻlsa va ular guruhning soʻnggi bosqichida uchrashgan boʻlsa; Intizom ballari (sariq kartochka = 1 ball, ikkita sariq kartochka natijasida qizil kartochka = 3 ball, toʻgʻridan toʻgʻri qizil kartochka = 3 ball, sariq kartochka va toʻgʻridan toʻgʻri qizil kartochka = 4 ball); Qur’a tashlash

Barcha match vaqtlari mahalliy vaqt, UCT (UTC+3).

A guruhi

B guruhi

C guruhi

D guruhi

Pley-off bosqichi Pley-off bosqichida qoʻshimcha vaqt va penaltilar seriyasidan gʻolibni aniqlash uchun foydalaniladi.

Pley-off bosqichiga chiqqan sakkizta jamoaning barchasi 2025-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatiga yoʻllanma oladi.

Bosqichlar

Chorak final

Yarim final

Final

Gʻolib

Mukofotlar Turnir yakunida quyidagi mukofotlar topshirildi:

Eng yaxshi toʻpurarEng yaxshi oʻyinchiEng yaxshi darvozabonFair Play sovrini Asilbek Aliyev Sadriddin Hasanov Neʼmatulloh Rustamjonov

Gol mualliflari

FIFA U-17 Jahon chempionatiga saralangan jamoalar AFCning quyidagi toʻqqizta jamoasi 2025-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi; Qatar mezbon sifatida avtomatik tarzda saralashdan oʻtgan.

+ Jamoa Saralangan sanaFIFA U-17 Jahon chempionatidagi oldingi ishtirok1 2024-yil 14-mart (1985, 1987, 1991, 1993, 1995, 1999, 2005) 2025-yil 6-aprel (2011, 2013, 2023) (1985, 1987, 1989) 2025-yil 7-aprel (2023) 2025-yil 10-aprel (1993, 1995, 2007, 2009, 2011, 2013, 2017, 2019, 2023) (1991, 2009, 2013) (1987, 2003, 2007, 2009, 2015, 2019, 2023) 2025-yil 11-aprel (2005, 2007, 2011, 2015, 2017) (2007, 2019) 1 Qalin yozuv oʻsha yilgi chempionlarni koʻrsatadi. Kursiv oʻsha yildagi mezbonlarni bildiradi.

Yana qarang AFC U-20 Osiyo kubogi 2025

Manbalar