Joma ( – Homa) – ispan sport kiyimlari va poyabzallar ishlab chiqaruvchisi. Bosh ofisi Ispaniyaning Toledo provinsiyasidagi Portillo de Toledo shahrida joylashgan. Kompaniyaning nomi taʼsischisining oʻgʻli Jose Manueldan kelib chiqqan boʻlib, u hozir kompaniya prezidentidir.
Tarixi Kompaniya 1965-yilda yilda Fructuoso Lopez tomonidan tashkil etilgan. Dastlab oddiy poyafzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya xodimlari atigi 8 kishidan iborat edi. 1968-yilda brend sport va dam olish poyabzali segmentiga eʼtibor qaratishga qaror qildi. 1980-yilda kompaniya birinchi marta Myunxendagi ISPO (Xalqaro sport kiyimlari va anjomlari koʻrgazmasi)da taqdimot qildi. U paytda zavodida 70 dan ortiq kishi ishlagan. 50 yillik faoliyati davomida Joma xalqaro darajadagi kompaniyaga aylandi. Hozir futbol, basketbol, qoʻl toʻpi, voleybol va yengil atletikaga ixtisoslashgan. U koʻplab mamlakatlar Olimpiya qoʻmitalari rasmiy homiysi hisoblanadi. Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiadada brend Ispaniya, Portugaliya, Meksika, Bolgariya va boshqa Olimpiya qoʻmitalari homiysi boʻldi.
Manbalar
Turkum:Kiyim va poyabzal ishlab chiqaruvchilar