Anor () — kelib chiqishi forscha boʻlgan erkaklar va xotin-qizlar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Anor Mahmudova — oʻzbek pedagogi. Xalq taʼlimi tizimining taniqli namoyandasi; Anora Davlyatova — oʻzbekistonlik individual badiiy gimnastikachi; Anoraxon Qosimoxunova — oʻzbekistonlik olima, texnika fanlari doktori, professor; Anorboy Eshmatov — Oʻzbekiston qahramoni, Shuhrat medali, El-yurt hurmati ordeni sohibi; Anorboy Xoʻjaboyev — oʻzbekistonlik olim, kimyo fanlari doktori, dotsent; Anorgul Saparova — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi; Anorqul Nazarov — kompozitor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha uniseks ismlar