thumb|Fotih masjidi, 1990-yil Fotih masjidi () – Turkiyaning Bursa viloyati, Tirilye (Zeytinbağı) mahallasida joylashgan masjid. Dastlab Vizantiya imperiyasi cherkovi sifatida qurilgan, keyinchalik XVI asrda musulmonlar uchun diniy inshootga aylantirilgan. 1920–1922-yillar orasida yana yunon pravoslav cherkovi sifatida xizmat qilib, 1923-yilda qayta masjidga aylantirilgan.

Tarixi Asl inshoot 720 va 730-yillar orasida qurilgan boʻlishi mumkin.

Usmoniylar Onadoʻlini bosib olganidan soʻng, Vizantiya cherkovi masjidga aylantirilgan va Fotih Camii („Fatih masjidi“) deb qayta nomlangan. Keyinchalik 1920-yilning yoz oylarida Bursa yunon qoʻshinlari tomonidan qisqa muddat bosib olingan va masjid qisqa vaqt ichida pravoslav cherkovi sifatida qayta tiklangan. 1923-yilga kelib esa bino yana masjidga aylantirilgan.

Tavsifi Ushbu inshoot mintaqadagi eng qadimgi Vizantiya imperiyasi binosi hisoblanadi. Masjidga ayvon orqali kirish mumkin, asosiy kirish eshigi yogʻoch tom bilan qoplangan. Ushbu ayvon toʻrtta ustunga tayangan holda qurilgan, bosh qismi bezakli metall bilan qoplangan. Markaziy gumbazning balandligi 19 metr (62 ft), kengligi taxminan 4,5 metr (14,75 ft). Garchi cherkov taxminan VIII asrda qurilgan boʻlsa-da, VI asrga oid haykaltaroshlik elementlarini oʻz ichiga olgan, shuningdek, ulardan baʼzilari keyinchalik qayta oʻyib ishlangan boʻlishi ham mumkin. Baʼzi olimlar cherkov devorlari rasmlar va ikonalar bilan bezatilgan deb taxmin qilganlar, biroq bu tasvirlar bizgacha yetib kelmagan.

Bino jome masjidga aylantirilgandan soʻng baland koshinli mehrob oʻrnatilgan. Bundan tashqari, masjid hududida qoʻshimcha ravishda minora ham qoʻshilgan, biroq bu minora 1855-yilda sodir boʻlgan zilzila oqibatida qattiq shikastlangan va keyinchalik qayta qurilgan.

Manbalar

Adabiyotlar Brubaker, Leslie and John Haldon. Byzantium in the Iconoclast Era (ca. 680-850): The Sources – An Annotated Survey. Aldershot: Ashgate, 2011 Buchwald, Hans Herbert. Form, Style, and Meaning in Byzantine Church Architecture. Ann Arbor: University of Michigan Press, 1999 Cormack, Robin. Byzantine Art. Oxford: Oxford University Press, 2018 Hayden, Robert, Hande Sözer, Tuğba Tanyeri-Erdemir, and Aylan Erdemir. „The Byzantine Mosque at Trilye: A Processual Analysis of Dominance, Sharing, Transformation and Tolerance.“ History and Anthropology , vol. 22, no. 1 (2011): 1-17 Hasluck, F. W. „Bythinica.“ Annual of the British School at Athens, vol. 13 (1906/7): 285-308 Mango, Cyril and Ihor Ševčenko. „Some Churches and Monasteries on the South Shore of the Sea of Marmara.“ Dumbarton Oaks Papers, vol. 18 (1973): 235-77 Marinis, Vasileios. Architecture and Ritual in the Churches of Constantinople: Ninth to Fifteenth Centuries. Cambridge: Cambridge University Press, 2014 Ousterhout, Robert. Eastern Medieval Architecture: The Building Tradition of Byzantium and Neighbouring Lands. Oxford: Oxford University Press, 2019 Ousterhout, Robert. Master Builders of Byzantium. Philadelphia: University of Pennsylvania Press, 2008

Havolalar Tirilyedagi Fotih masjidi, Vizantiya merosi

Turkum:Turkiyadagi sunniylik masjidlari Turkum:Turkiyadagi masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar