Isabey masjidi () – 1374–1375-yillarda qurilgan masjidThe Evolution of Architectural Form in Turkish Mosques (1300-1700), Suut Kemal Yetkin, Studia Islamica, No. 11 (1959), 76-77., Onadoʻli beyliklaridan qolgan eng qadimgi meʼmoriy sanʼat asarlaridan biri. Izmirning Selçuk shahridagi Ayasluğ tepaliklari etagida joylashgan.

Tarixi Bino suriyalik meʼmor Ali ibn Mushaimish ad-Dimashqiy tomonidan Aydınoğulları begi Isabey sharafiga qurilgan. Masjid loyihasi Damashqdagi Umaviylar masjidi asosida ishlab chiqilgan.

1829-yilda kelib masjid vayronaga aylangan, 1842-yilda esa minora qulab tushganMichael Greenhalgh, From the Romans to the Railways: The Fate of Antiquities in Asia Minor, (Brill, 2013), 90.. XIX asrda karvonsaroy sifatida ham foydalanilgan. Masjidning yonida sakkizburchak shaklida tosh va gʻishtdan qurilgan, piramida shaklidagi tomga ega boʻlgan Saljuqiylar ehromi mavjud.

Meʼmorchiligi Masjid sharqiy va gʻarbiy tomonlarda joylashgan ikkita asosiy kirish eshigiga ega boʻlib, ichkarisida hovli va hovuz mavjud. Gʻarbiy devorga yozuvlar va geometrik shakllar ishlangan. Bu devorlar marmar bilan qoplangan, qolgan tomonlari esa yo'nilgan toshdan qilingan. Diametri va boʻlgan gumbazlarining chetlari Iznik kafellari bilan bezatilgan. Ichki hovlida 12 ta ustunlar ayvonlarni oʻrab turadi. Gʻishtdan qurilgan minoraning poydevori sakkiz burchakli qilib qurilgan, uning balkondan yuqori qismi vayron boʻlgan. Masjidning gʻarbiy tomonida yana bir minora joylashgan boʻlib, ushbu minora hozirgi kunda butunlay vayron boʻlgan. Mehrob esa boshqa masjidga koʻchirilgan, chunki uning oʻrnida binoda yangi eshik ochilgan.

Galereya

Yana qarang

Aydınoğulları bekligi Islom arxitekturasi Masjidlar roʻyxati Musulmon tarixining vaqt jadvallari

Manbalar

Adabiyotlar Bayrak, Orhan M. (1994). p. 407, Türkiye Tarihi Yerler Rehberi (expanded 3rd edition). İnkılâp Kitabevi. .

Havolalar

Isabey masjidining tarixi va meʼmorchiligi koʻplab fotosuratlar bilan Isabey masjidi tasvirlari Masjidning 30 dan ortiq rasmlari Iso Bey masjidiga tashrif – Suratlar kiritilgan

Turkum:Izmirdagi masjdilar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar