Spider-Man: Beyond the Spider-Verse – bu Marvel Comicsning Miles Morales (Oʻrgimchak-odam) personajiga asoslanib, Columbia Pictures va Sony Pictures Animation tomonidan ishlab chiqarilgan hamda Sony Pictures Releasing tomonidan tarqatiladigan amerikalik animatsion superqahramon filmi. U 2023-yilda chiqqan Spider-Man: Across the Spider-Verse filmining bevosita davomi boʻlib, Spider-Verse trilogiyasining uchinchi va oxirgi filmi hisoblanadi. Animatsion filmga Bob Persichetti va Justin K. Thompson rejissyorlik qilgan, ssenariy esa Phil Lord va Christopher Miller hamda David Callaham tomonidan yaratiladi. Filmda Miles roliga Shameik Moore boshqa rollarga Jason Schwartzman va Karan Soni hamda boshqalar ovoz berishadi.
Ovoz beruvchilar Shameik Moore Miles Morales (Oʻrgimchak-odam) roliga:
1610-Yerda Peter Parker vafotidan soʻng Oʻrgimchak-odam boʻlib, hozirda boshqa bir alternativ olamda 42-Yerda qamalib qolgan oʻsmir.
Jason Schwartzman Dr. Johnathon Ohnn (The Spot) roliga:
Avval Alchemaxda ishlagan olim. Baxtsiz hodisa natijasida oʻz tanasida turli dogʻlar paydo boʻlib shu dogʻlar yordamida turli olamlar aro sayohat qilish qobiliyatiga ega boʻladigan antoganist.
Karan Soni Pavitr Prabhakar (Hindistondagi Oʻrgimchak-odam) roliga:
Peter Parkerni alternativ olamdagi versiyasi boʻlib, Hindistonning Mumbattan shahrida istiqomat qiladi.
Manbalar
Turkum:IMAX filmlari Turkum:Bob Persichetti filmlari Turkum:Justin K. Thompson filmlari Turkum:Columbia Pictures filmlari