Ali Sadriddin al-Bayanuniy (arabcha:علي سدر الدين البيانوني) Musulmon birodarlar yetakchisi hisoblanib, hozirgi kunda Londonda surgundaWright, Robin, Dreams and Shadows : the Future of the Middle East, Penguin Press, 2008, p.246. 1938-yilda Halab shahrida tugʻilgan va diniy oilada tarbiyalangan, otasi va bobosi taniqli musulmon olimlari boʻlgan. Bayanuniy 1954-yilda oʻrta maktabda oʻqib yurganida „Musulmon birodarlar“ safiga qoʻshilgan va 1963-yilda Damashq universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1959-1960- yillarda Suriya armiyasida zaxiradagi ofitser sifatida xizmat qilgan. Bayanuniy 1972-yilda Suriya Musulmon Birodarlarining Shoʻro kengashi va Ijroiya idorasiga aʼzo boʻlgan. Bayonuniy „Musulmon birodarlar“ga aʼzoligi tufayli 1975-yildan 1977-yilgacha qamalgan. Qamoqda oʻtirganidan soʻng, u 1977-yilda „Birodarlik“ rahbarining oʻrinbosari boʻldi. Ikki yildan soʻng u Suriyani tark etdi va oxir-oqibat Iordaniyaga joylashdi va u yerda yigirma yil qoldi. U Britaniyaga siyosiy qochqin sifatida 2000-yilda, Iordaniya hukumati mamlakatni tark etishni talab qilganidan keyin kelgan.
Suriyadagi tartibsizliklar ortidan u Bashar al-Assad hukumatining tugatilishi va „Suriyadagi barcha millatchi kuchlarning erkin konferensiyasi“ni oʻtkazishga chaqirdi, bu esa „suriyaliklarga jamoaviy milliy alternativani ishlab chiqish“ imkonini beradi.
Manbalar
Havolalar Musulmon Birodarlar, Suriya
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1938-yilda tugʻilganlar