Indoneziyada shialik keng tarqalmagan. Mamalakatning asosiy aholisi sunniy musulmonlardir. Taxminan bir million indoneziyalik shialar boʻlib, ular asosan Jakarta atrofida, shuningdek, Java, Madura va Sumatra hududlarida yashaydi.
Indoneziyaning shialik mazhabidagi jamoalari orasida Hadrami arablaridan kelib chiqqan indoneziyaliklarning bir qismi mavjud. Ular „oz, ammo tobora koʻpayib borayotgan shia izdoshlari“ga ega. Yana bir guruh – Sumatraning Pariaman va Bengkulu hamda Achexning Sigli hududidagi shialar boʻlib, ular oʻzlarini hind sipohiylaridan kelib chiqqan deb hisoblaydilar va orang sipahi yoki orang Kling nomi bilan tanilganlar. Orang sipahilar anʼanaviy ravishda shia tabuik marosimini oʻtkazadilar. Lekin bu marosim Achexda 1953-yildan buyon taqiqlangan.
Yana qarang
Tabuik – Ashuro kuni
Manbalar
Turkum:Indoneziyada shialik