Salepçioğlu masjidi () – Turkiyaning Izmir shahridagi masjid, shahar markazidagi Kemeraltı tumanida joylashgan. 1905-yilda qurilgan bino homiysi Salepçizade Xoja Ahmad afandi sharafiga nomlangan.

Meʼmorchiligi Masjidning tashqi devorlari yashil marmar va tosh bilan qoplangan. Asosiy gumbazdan tashqari, kirish eshigiga qaragan 3 ta kichikroq gumbazi mavjud. Namoz oʻqish zali toʻrtburchak maydonga ega boʻlib, ustki qismi gumbaz bilan qoplangan. Gumbaz ichi oʻymakorlik naqshlari bilan bezatilgan. Asosiy ranglar sifatida qizil, yashil va jigarrang ranglardan foydalanilgan. Oq va kulrang marmardan yasalgan dumaloq mehrob chuqurcha shaklida ishlangan, yuqori qismi geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Masjidning ichki qismi pastki va yuqori qatorlardagi ikki qator derazalar bilan yoritiladiMosques of İzmir.

Masjidning minorasi binoga bevosita ulanmagan boʻlib, shimoli-sharqiy tomonda tosh poydevor ustida qurilgan. Tanasi dumaloq, bitta balkonga ega. Minora juda nozik va hashamatli koʻrinishga ega boʻlib, 1927 hamda 1974-yillarda taʼmirlangan.

Galereya

Manbalar

Havolalar

Turkum:20-asrda Turkiyada qurilgan masjidlar Turkum:Izmirdagi Usmoniylar masjidlari Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar