Zahron (), Banu Zahron ibn Kaʼb nomi bilan ham tanilgan, Arabiston yarim oroli al-Baha viloyatidagi eng qadimgi arab qabilalaridan biri.
Al-Baha shahri Zahron va Gʻamid arab qabilalarining vatani hisoblanadi Biroq Zahron va Azddan kelib chiqqan koʻplab qabilalar III asrda Malik ibn Fehm boshchiligida Ummon va Tanuxga (Levant) hijrat qilgan. Ummondagi zamonaviy as-Said qirollik oilasi ham aynan Zahron qabilasidan kelib chiqqanligi aytiladi. Bundan tashqari, 1960 va 1970-yillarda koʻpchilik qabila vakillari kichik shaharlar va qishloqlardan Makka, Jidda, ar-Riyod va Dammomga koʻchib oʻtgan.
Zahron qabilasi islomdan oldingi davrda, shuningdek, islom dini paydo boʻlgandan keyingi davrda ham mashhur qabilalardan hisoblangan. Ularning koʻplari uylari va qarindoshlarini tashlab, Madinada paygʻambar Muhammadga qoʻshilgan.
Yana qarang Abu Hurayra Hijoz
Manbalar
Turkum:Qabilalar Turkum:Arabistondagi qabilalar Turkum:Saudiya Arabistonidagi qabilalar