Yavm an-Naxla () – Himʼyariylar podsholigi kuchlari va arab qabilalari oʻrtasida miloddan avvalgi III asrda Islomdan oldingi Makka hududida sodir boʻlgan qurolli toʻqnashuv.

Tarixi Him’yariylar podsholigi lashkarboshi Hasan ibn Abdukulol ibn Musavvib Zu Horis al-Himyoriy katta qoʻshin bilan Kaʼba toshlarini Makkadan Yamanga olib borish uchun yoʻlga chiqqan. Shunda arablar haj amalini oʻsha yerda ado etishi kerak boʻlardi.

Mojaro Hasan ibn Abdukulol va uning qoʻshinlari Naxla vodiysiga joylashganidan soʻng, ular yaqin atrofdagi chodirlarga bostirib kirishdi va Makkaga olib boradigan yoʻllarni toʻsib qoʻyishdi. Uning shaharni qamal qilishga urinishi haqidagi xabar Makkada yashovchi arab qabilalariga yetib bordi va ular koʻpchilik boʻlib Hasanga qarshi jang qilish uchun chiqdilar. Oʻsha paytdagi Makka hukmdori Fihr ibn Molik him’yarlarga qarshi jangda qabilalarga boshchilik qildi. Jang qabila qoʻshinlarining gʻalabasi va Hasan ibn Abdukulolning qoʻlga olinishi bilan yakunlandi.

Oqibati Hasan ibn Abdukulol Makkada kamida uch yil zindonda saqlangan, keyin esa oʻzini zindondan ozod qilish uchun fidya toʻlagan. Biroq Yamanga ketayotgan vaqtida vafot etgan.

Tarixiyligi Ayrim musulmon tarixchilari bu jang haqidagi rivoyatni rad etishgan. Hasan ibn Abdukulol davrida Makkada Quraysh emas, Banu Xuzoa qabilasi hukmronlik qilgan deb taʼkidlashgan.

Yana qarang Habashlarning Makkaga hujumi (570)

Manbalar

Turkum:Kaʼba