Said Ismoil Badruddin (II) bin Said Shayx Odam (1150-yil Muharram oyining 7-sanasi/milodiy 1738-yilda Hindistonning Jamnagar shahrida vafot etgan) Dovudiy Bohraning 38-Daʼi al-Mutlaq lavozimida faoliyat olib borgan. U 37-daʼi Said Nurmuhammad Nuruddin oʻrniga bu diniy lavozimni egallagan.
Said Badruddin hijriy 1130/ milodiy 1719-yilda Daʼi al-Mutlaq boʻlgan. Uning daʼvat davri hijriy 1130-1150/ milodiy 1719-1738-yillar oraligʻida taxminan 19 yilu 6 oy davom etgan.
Oilasi U 1686-yili Udaypur shahrida Said Abdutoyyib Zakiyuddin II davrida tugʻilgan. Uning otasi Said Shayx Odam Safiyuddin, Said Muso Kalimuddinning ukasi olim va yozuvchi edi. Said Badruddin yoshligida ota-onasidan ayrilgan. U Said Muso Kalimuddinning qizi Jivana BaiSohibaga uylanadi va bir qiz farzand koʻradi. Fotima AaiSohiba bilan boʻlgan ikkinchi nikohidan ikkita oʻgʻli boʻlgan. Bular: Said AbduMuso Kalimuddin va Said Abduttoyyib Zakiyuddin III.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1686-yilda tugʻilganlar Turkum:1738-yilda tugʻilganlar Turkum:18-asr ismoiliylari Turkum:1738-yilda vafot etganlar