Vitor de Oliveira Nunes dos Reis (2006-yil 12-yanvarda tugʻilgan) – braziliyalik futbolchi, „Palmeiras“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati Reis Braziliyaning San-Paulu shtatidagi San-Xose-dus-Kampus shahridagi Santana tumanida tugʻilgan. Oʻn yoshga toʻlguniga qadar sobiq Braziliya terma jamoasi futbolchisi Robinyo boshqaradigan Paraibadagi R10 akademiyasida oʻz faoliyatini boshlagan. 2016-yilda esa professional Palmeyras jamoasi akademiyasiga oʻtgan.
U oʻzini Palmeyrasning yoshlar jamoalarida asosiy oʻyinchilaridan biri bo�M2�lishi mumkunligi koʻrsatdi. Bu davrda oʻzi oʻynagan jamoalarda sardorlik qilgan va 2022-yilgi Braziliya kubogi 17 yoshgacha boʻlganlar finalida ishtirok etgan. Biroq, oʻyin davomida u Vasko da Gama oʻyinchisi bilan toʻqnashib ketgan va natijada miya chayqalishiga uchragan. Maydonda hushini tiklagandan soʻng kasalxonaga olib boriligan. Oʻyindan soʻng, Reis ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarga minnatdorchilik bildirib, voqeadan keyin oʻzini yaxshi his qilganini aytgan. U 2022-yilgi mavsum oxirida „Palmeyras“ bilan birinchi professional shartnomasiga qoʻl qoʻygan va 2025-yilgacha shartnoma imzolagan.
2023-yil 11-oktyabrda u Angliyaning The Guardian gazetasi tomonidan Reisning sobiq Palmeyrasdagi jamoadoshlari Endrick va Luis Guilherme bilan birga 2006-yilda tugʻilgan dunyoning eng yaxshi oʻyinchilaridan biri deb topilgan.
Terma jamoadagi faoliyati Reis 2022-yilgi Montaigu turnirida ishtirok etgan 16 yoshgacha boʻlgan Braziliya terma jamoasi tarkibida oʻynagan. U 2022-yil oktyabr oyida Chili va Paragvayga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga 17 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasiga chaqirilgan.
Faoliyat statistikasi . + Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollariKlubMavsumLigaShtat ligasiMillliy kubokXalqaroBoshqaJamiDivisionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarPalmeiras2024Série A181002120—222Umumiy faoliyat statistikasi18100212000222
Yutuqlari
Shaxsiy sovrinlar Troféu Mesa Redonda turnirining yilning eng yaxshi ramziy jamoasigga kiritilgan: 2024-yil
Manbalar
Havolalar
Turkum:2006-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Braziliya Série A chempionati futbolchilari Turkum:SE Palmeiras futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi braziliyalik muhojir sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar