Al-Xattob ibn al-Hasan ibn Abil-Hifoz – jangchi, shoir va ilohiyotshunos boʻlib, u Zuayb ibn Musoning bosh yordamchisi va Sulayhiylar sulolasi hamda Toyyibiy ismoiliylik daʼvosi uchun muhim shaxsga aylangan edi. U 1138-yilda al-Hajur ustidan nazorat qilish boʻyicha jiyanlari bilan boʻlgan nizoda oʻldirilgunga qadar shu lavozimda faoliyat yuritgan. Al-Xattobning oʻrniga bosh yordamchi (maʼzun) etib Ibrohim ibn al-Husayn al-Hamidiy tayinlangan.
Hayoti Al-Xattob Arva as-Sulayhiyning koʻkaldosh ukasi va Hamdandagi Qodom shahrida joylashgan Hajur qabilasining sardori edi. Arva as-Sulayhiy hukmronligi davrida u oʻz akasi Sulaymondan kelgan tahdidlarga duch keladi. Oxir-oqibat, al-Xattob unga qarshi jang qilishga majbur boʻlgan va toʻqnashuvlarning birida Sulaymon halok boʻlgan.
Al-Xattob Sulaymonning oʻgʻillarini oʻz qaramogʻiga oladi. Biroq, Sulaymon tarafdorlarining gijgijlashi oqibatida, uning oʻgʻillari 1138-yilda al-Xattobni qatl ettiradilar.
U Zuayb ibn Musoning bosh yordamchisi boʻlib, jangchi, shoir va ilohiyotshunos sifatida tanilgan edi.
Kitoblari Al-Xattob „Munirat ul-Basaair“ va „Gʻoyat ul-Mavolid“ kabi ilohiyot mavzusidagi asarlar muallifi hisoblanadi. Bundan tashqari, u sheʼrlar toʻplamini ham yozgan.
Yana qarang
Zuayb ibn Muso
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1138-yilda vafot etganlar Turkum:12-asrda Yaman Turkum:12-asr ismoiliylari