Abul-Favoris Ahmad ibn Yoqub XI asr boshlarida Suriyada faoliyat yuritgan ismoiliy olim va targʻibotchi (daʼvatchi) edi. Oʻsha paytda Suriya asosan Fotimiylar xalifaligi hukmronligi ostida boʻlgan. Abul-Favoris Fotimiy imom-xalifa al-Hakim (hukmronlik davri 996–1021) zamonida yashagan va ismoiliy olimlar Ahmad ibn Ibrohim al-Naysoburiy hamda Hamiduddin al-Kirmoniy bilan zamondosh boʻlgan. Ular uchtasi imomat haqidagi ismoiliy gʻoyalarni, bir-birlaridan mustaqil ravishda ishlab chiqqanlar, chunki ularning asarlarida bir-birlarining ishlariga havolalar keltirilmagan.

Abul-Favorisning hozida maʼlum boʻlgan yagona asari „Risola fi’l-imoma“ („Imomat haqidagi risola“) boʻlib, 1017-yildan oldin yozilgan boʻlishi mumkin. Asar oʻn olti bobdan iborat boʻlib, bu al-Hakimning oʻn oltinchi ismoiliy imom ekanligiga moslashtirib yozilgan. Unda Abul-Favoris imomat mavjudligining zaruriyati haqida bahs yuritadi, chunki uning fikricha, Qur’on, shariat (islom qonunlari majmuasi) va sunnat (Muhammad paygʻambarga nisbat berilgan anʼanalar) yetarli emas. Ushbu risola Sami N. Makarem tomonidan tanqidiy fikrlari bilan ingliz tiliga tarjimasi „Ismoiliylarning siyosiy taʼlimoti: Imomat“ nomi ostida nashr etilgan. Kitob 1977-yilda Nyu-York shtatining Delmar shahrida joylashgan Caravan Books nashriyotida chop etilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Oʻlgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:11-asr ismoiliylari