Rahmatjon Ro‘zioxunov (1968-yil 15-aprel, Andijon, O‘zbekiston SSR, SSSR) - 2016-yildan hozirgi kungacha boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiyi. "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy" faxriy unvoni sohibi (2016). 2015-2017-yillarda boks bo‘yicha ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi. Biografiyasi Rahmatjon Ro‘zioxunov 1968-yil 15-aprelda Andijon shahrida tug‘ilgan. 1994-yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining "Jismoniy tarbiya va boks bo‘yicha murabbiy" fakultetini tamomlagan. Universitetni tamomlagach turli sport maktablarida bolalarga boksdan saboqlar bera boshlagan. Murabbiylik faoliyatini oddiy maktab sport klubidan boshlab, olimpiya va jahon chempionlarini tayyorlash darjasiga qadar yetib kelgan Faoliyati 1986-1987 - Andijon boks murabbiylik sport maktabi talabasi.
1990-1994 - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi.
1994-2000-yillarda - "Absidian production" tijorat firmasining sport instruktori.
2001-2015-yillar - Toshkent shahri, 9-bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi, muay-tay bo‘yicha murabbiy.
2015-2017-yillarda - O‘zbekiston boks federatsiyasi ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi
2015-2018 - "Uzbek Tigers" yarim professional jamoasining bosh murabbiyi.
2016-yil - hozirgacha - Yakka kurash bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining boks bo‘limi murabbiyi.
2016-yil - boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi.
Rio-2016ning bronza medali sovrindori Murodjon Ahmadaliyev, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Isroil Madrimov, Lazizbek Mullajonov, Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sovrindori (2016) Bektemir Meliqoʻziyev va Oʻzbekistonga koʻplab medallar keltirgan boshqa mashhur sportchilarni tayyorlab ularni janglarga olib chiqib kelmoqda.
Mukofotlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy (2016). „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni (2025).
Manbalar
Turkum:Alifbo bo‘yicha shaxsiyatlar Turkum:1968-yilda tug‘ilganlar Turkum:Andijonda tug‘ilganlar Turkum:O‘zbekistonlik murabbiylar Turkum:O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiylar