André Trindade da Costa Neto (2001-yil 16-iyulda tugʻilgan) – braziliyalik futbolchi, yarim himoyachi. „Wolverhampton“ klubi va Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Klublardagi faoliyati
Fluminense André Braziliyaning Ibirataia shtatida joylashgan Bahia munitsipalitetida tavallud topgan. 12 yoshida Fluminensening yoshlar jamoasi tarkibiga qoʻshilgan. 2020-yilning 21-fevralida klub bilan shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirgan.
2020-yil 16-sentyabrda Braziliya kubogi doirasida Atlético Clube Goianiense klubiga qarshi bahsda oʻtkazgan. Mazkur bahsda Fluminense 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. Toʻrt kundan soʻng esa Braziliya chempionatidagi debyutini amalga oshirgan. Ammo bu bahsda Fluminense Sport Recife klubiga safarda 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan.
Professional futboldagi ilk golini 2021-yil 4-iyulda Flamengo klubi darvozasiga kiritgan. Bu gol yagonaligini saqlab qolgan va jamoaga gʻalaba keltirgan. 4-oktyabrda klub bilan shartnomasini uzaytirgan. 21 yoshli Fluminense klubidagi yuzinchi oʻyinini 2022-yil 1-oktyabrda oʻtkzagan.
2023-yil 24-avgust kuni Libertadores kubogining chorak finalida klub Olimpia jamoasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan. Mana shu uchrashuvda André musobaqa doirasidagi ilk golini kiritgan. Oʻsha yilning 4-noyabrida Libertadores kubogi finalida Fluminense klubi safida Boca Juniorsga qarshi oʻyinda maydonga tushgan va qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng 2:1 hisobida qozonilgan gʻalaba natijasida chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Wolverhampton Wanderers 2024-yil 30-avgustda André Angliya Premyer-ligasi ishtirokchisi hisoblangan „Wolverhampton“ klubi futbolchisiga aylangan.
Terma jamoadagi faoliyati Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite tomonidan 2022-yilgi Jahon chempionati uchun 55 kishilik dastlabki tarkibga kiritilgan. 2023-yil 20-iyun kuni xalqaro maydondagi debyutini oʻtkazgan. Braziliya terma jamoasi Senegalga 4:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinning 74-daqiqasida Lucas Paquetá oʻrniga maydonga tushirilgan. Manbalar
Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Fluminense FC futbolchilari Turkum:Wolverhampton Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Sportchilar