Edson Henrique da Silva (1987-yil 6-iyul, Itaquitinga, Braziliya) – markaziy himoyachi sifatida oʻynagan braziliyalik futbolchi.
Faoliyati Edson Itaquitinga-PE shahrida tugʻilgan, 2005-yilgi Campeonato Brasileiro A seriyasida Figueirense klubning professional futbolchilari safida debyut qilgan. Edson 2012-yilgacha Figueirense klubi tarkibida toʻp surgan. 2007-yilgi mavsumgacha Figueirense klubi bilan A Seriyada oʻynaganidan soʻng, 2007—2008-yilgi Primeira Ligadagi mavsumining ikkinchi yarmida Belenenses klubida ijarada oʻynash uchun Portugaliyaga koʻchib oʻtgan. Keyingi mavsumda ham Portugaliyada qolib, Primeira Liga klublari Académica de Coimbra va Rio Ave safida ijara asosida toʻp surgan. Edson Rio Ave klubi tarkibida 12 ta oʻyinda maydonga tushgan va ikki marta gol urgan. 2009-yil yozida Figueirense klubi tarkibiga qaytib, 2009-yilgi Campeonato Brasileiro B seriyasida yil oxirigacha ushbu klub safida oʻynagan. 2010-yilda A Seriyaning Botafogo klubiga ijaraga berilgan. 2011-yil yozida yana Portugaliya klubiga, bu safar Primeira Ligada ishtirok etuvchi U. D. Leiriaga ijaraga oʻtib, 2011—2012-yilgi mavsumni shu klub safida oʻtkazgan. 2012-yil yozida Braziliyaga qaytib kelib, 2012-yilgi mavsumda Campeonato Brasileiro A Seriyasidagi Figueirense klubi tarkibida oʻynaganEdson Henrique da Silva at ForadeJogo.net. Yil oxirida Edson Figueirense klubini tark etgan va 2013-yilning yozida u Xorvatiyaning Prva HNL ligasida ishtirok etuvchi NK Slaven Belupo klubi bilan shartnoma imzolaganEdson Henrique at Soccerway. Edson 2013—2016-yilgi mavsumda Slaven Belupo klubi tarkibida 65 ta oʻyinda maydonga tushgan va ikki marta gol urgan.
Edson 2019-yilgi mavsumda CRB klubiga qoʻshilganReforços de Natal: CRB anuncia mais três contratações para 2019, thn1.com.br, 24 December 2018.
Yutuqlari
Figuerense Campeonato Catarinense: 2006
C. F. Os Belenenses Copa do Brasil ikkinchi oʻrin: 2007
Botafogo
Campeonato Carioca: 2010
Clube de Regatas Brasil Alagoano ikkinchi oʻrin: 2019
América RN Potiguar ikkinchi oʻrin: 2020
Figueirense Copa Santa Catarina gʻolibi: 2021
Manbalar
Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:U.D. Leiria futbolchilari Turkum:NK Slaven Belupo futbolchilari Turkum:Académica de Coimbra futbolchilari Turkum:Rio Ave F.C. futbolchilari Turkum:C.F. Os Belenenses futbolchilari Turkum:Gostaresh Foulad F.C. futbolchilari Turkum:Machine Sazi F.C. futbolchilari Turkum:Figueirense FC futbolchilari Turkum:Sociedade Esportiva e Recreativa Caxias do Sul futbolchilari Turkum:Botafogo FR futbolchilari Turkum:América Futebol Clube (RN) futbolchilari Turkum:CR Brasil futbolchilari Turkum:Xorvatiya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Eron Pro ligasi futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Xorvatiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Erondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar