Turkmanobod xalqaro aeroporti (),  – Turkmanistonning Turkmanobod shahrida joylashgan xalqaro aeroport. Shahar markazidan taxminan 13 km masofada joylashgan.

Tarixi

Aeroport 1926-yilda ochilgan va bir necha bor rekonstruksiya qilingan. Turkmaniston mustaqillik yillarida tubdan qayta rekonstruksiya qilingan. Rekonstruksiya mobaynida aeroport zamonaviy aeronavigatsiya tizimi hamda avtomatlashtirilgan yoqilgʻi quyish platformasi bilan jihozlangan. Shuningdek, uchish-qoʻnish yoʻlagi ham uzaytirilgan.

Yangi aeroport 2013-yil Turkmanobod janubida yangi aeroport majmuasi qurilishi boshlandiPrezident Turkmenistana oznakomilsya s proektami novix vajnix obʼektov. 2013-yil 14-fevral kuni ilk toshni qoʻyish marosimida Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich hamda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovlar ishtirok etgan.

Qurilish Turkmaniston Sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi aʼzosi boʻlgan „Gündogdy“ xususiy qurilish firmasi tomonidan tugallandi. Yoʻlovchi terminali binosi 37 ming kvadrat metr maydonni egallaydiPrezident Turkmenistana zapustil v stroy deystvuyuщix Mejdunarodniy aeroport v Turkmenabate.

2018-yil 26-fevral kuni yangi aeroport ochilish marosimida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etdiOtkrilsya noviy Mejdunarodniy aeroport v sentre Lebapskogo velayata Turkmenistana. Aeroport majmuasining oʻtkazish qobiliyati soatiga 500 yoʻlovchini tashkil etadi. Uchish-qoʻnish yoʻlagi uzunligi 3800 metr va eni 65 metr boʻlib, zamonaviy yorugʻlik-signal va meteorologik tizimlar bilan jihozlanganNoviy mejdunarodniy aeroport otkrilsya v Turkmenii. Aeroport har qanday turdagi samolyotlarni qabul qila oladiTurkmenabatskiy mejdunarodniy aeroport perevipolnyaet plan po passajiro- i gruzoperevozkam. Aeroportning yuk terminali yiliga 200 ming tonna yukni tashishga moʻljallangan. Markazlashtirilgan yoqilgʻi quyish shoxobchasi bir vaqtning oʻzida bir nechta samolyotlarga xizmat koʻrsatish imkonini beradi.

Tomi sakkiz qirrali „Oʻgʻuzxon yulduzi“ shaklida boʻlgan aeroport yoʻlovchi terminali 12 ming kvadrat metrdan ortiq maydonni egallaydi va Guinness rekordlar kitobiga dunyodagi eng yirik yulduz shaklidagi bino sifatida kiritilganAviakompaniya Nordwind Airlines planiruet vipolnyat reysi iz Moskvi v TurkmenabatKLEEMANN for the International Airport of TürkmenabatAeroport-zvezda v Turkmenistane popal v Knigu rekordov Ginnessa.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar Yoʻlovchi tashish

Yuk tashish

Aeroport infratuzilmasi Axborot lavhalari, xalqaro va shaharlararo aloqa punkti, bagaj punktlari, bufetlar, kafelar, savdo pavilyonlari yoʻlovchilar uchun xizmat qiladi. CIP-zali, bojsiz savdo doʻkonlari, internet kafe va boshqa xizmatlar mavjud.

Aeroportda tibbiyot punkti, ovqatlanish xonasi, 100 xonali mehmonxona, yopiq avtoturargoh mavjud.

Yer usti transporti Aeroport shahar tashqarisida, Turkmanobod markazidan 13 kilometr uzoqlikda, M37 Ashxobod-Turkmanobod avtomobil yoʻli va Ashxobod-Karki temir yoʻliga yaqin joyda joylashgan.

Manbalar

Havolalar

Türkmenabat Airport Homepage

Turkum:Turkmaniston aeroportlari Turkum:Lebap viloyati Turkum:Turkmanobod