Carlos Manuel da Silva Cunha (1977-yil 6-mart, Barcelos, Portugaliya) – portugaliyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan.

Carlos Primeira Ligada 16 mavsum davomida jami 260 ta oʻyinda maydonga tushdi va 30 ta gol urdi. Gil Vicente klubida olti yil toʻp surdi. Shuningdek, Carlos Benfica klubida toʻrt mavsum va Vitoria de Guimarães klubida uch mavsum oʻynadi.

Klubdagi faoliyati Carlos Barcelosda shahrida tugʻilgan va uning faolitai mahalliy Gil Vicente klubi bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, Carlos bu jamoa safida toʻrt marta alohida faoliyat yuritgan. Carlos Primeira Ligadagi debyutini oʻyinini 1994—1995-yillar mavsumi oxirida 18 yoshida oʻtkazdi, keyingi ikki mavsumda yana 58 ta oʻyinida maydonga tushdi.

1997-yilda Carlos Real Madrid bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi, ammo ketma-ket S. C. Braga, C.F. Estrela da Amadora va yana Gil Visente klublariga ijaraga berildi. Carlos hech qachon Real Madrid klubi safida rasmiy oʻyinlarda maydonga tushmadi. Soʻnggi mavsumda Carlos oʻz faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd etdi, toʻqqizta gol urdi va klubi tarixda ilk bor beshinchi oʻrinni egalladi. Uning jamoadoshlari orasida kelajakda Portugaliya milliy terma jamoasining aʼzosi boʻladigan Petit ham bor edi.

Shundan soʻng Carlos liga eng yaxshi klublaridan bir S. L. Benfica bilan shartnoma imzoladi, biroq asosiy tarkibda oʻzini koʻrsata olmadi va zaxira jamoasiga oʻtkazildi. 2004-yil fevraldan boshlab Carlos olti oy davomida Ispaniyaning Polideportivo Ejido klubida oʻynadi. Bu yerda Carlos oʻzining sobiq Benfika klubidagi sherigi José Calado bilan yana bitta klubda oʻynay boshladi.Carlos Gilga qaytdi va soʻnggi mavsumning bir qismini Segunda Ligasidagi C. F. Os Belenenses klubida yakunladi.

Carlos 2007—2008-yilgi mavsumda oliy ligaga qaytgan Vitoriya S.C klubiga qoʻshildi. Carlos birinchi yili 22 ta oʻyinda ishtirok etdi, shundan 11 tasida zaxiradan maydonga tushdi va klubga yakunda uchinchi oʻrinni egallashiga hissa qoʻshdi. Biroq, keyinchalik Carlos asta-sekin jamoadagi oʻz ahamiyatini yoʻqota boshladi. Carlos 2010-yil iyul oyida 33 yoshda yuqori diviziyaga koʻtarilgan Gil Vicentega klubiga qaytib keldi va 16 oʻyinda ishtirok etdi lekin biroz oʻtib futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Yutuqlari Gil Vicente

Segunda Liga: 2010—2011-yil

Manbalar

Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:S.L. Benfica futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:S.C. Braga futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Segunda Divisão oʻyinchilari Turkum:Ispaniyadagi portugaliyalik muhojir sportchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar