Rasht ( Rašt) — Erondagi shahar. Gilon ostonining maʼmuriy markazi. Aholisi 418 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxiri). Avtomobil yoʻllari orqali Tehron shahri va Kaspiy dengizi sohilidagi hududlar bilan bogʻlangan. Ipakchilik markazi (14-asrdan). Toʻqimachilik, oziq-ovqat (jumladan, tamaki, choy), yogʻochsozlik, elektrotexnika, oyna-shisha sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik (metall, yogʻoch oʻymakorligi, badiiy kashtachilik) rivojlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Eron tarixida Rasht chegaradosh shahar bo'lib qoldi va uning tarixiy laqablaridan biri "dār al-marz" (Chegara o'lkasi) edi.https://www.iranicaonline.org/articles/gilan-xv-identity

Demografiyasi Aholisi

Rasht shahri mamlakatning shimolidagi aholisi eng koʻp shahar va Eronning metropolislaridan biri hisoblanadi.

2006-yilgi Milliy aholini roʻyxatga olish vaqtida shahar aholisi 159 983 xonadonda yashovchi 551 161 kishini tashkil qilgan. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olishda 204 054 ta xonadondan iborat 639 951 kishi bor edi. 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish vaqtida 228 142 ta xonadonga boʻlingan 679 995 kishi istiqomat qilgan.

Tili Rasht aholisi asosan gilyanlar (98/2%) boʻlib, ular gʻarbiy gilyaniy tilining rashtiy shevasida gaplashadi

.

Madaniyati Rasht aholisi sanʼatga, oziq-ovqat va kiyim-kechaklarga koʻp pul sarflaydi. Ular boʻsh vaqtlarini kinoteatrlar, sanʼat koʻrgazmalari, musiqa konsertlari, shaharda yiliga koʻp oʻtkaziladigan xalqaro kitob yarmarkalariga borish bilan oʻtkazadilar. Shuningdek, munitsipalitet yoshlarni sogʻlom va bunyodkorlik faoliyatiga jalb qilish uchun sport, madaniy yoki axborot texnologiyalari boʻyicha musobaqalarni tashkillashtiradi. Eng sevimli tanlov bu har yili eng yaxshi yosh blogerlarni taqdirlaydigan yillik blogerlik tanlovidir.

Rasht Eron tarixida muhim rol oʻynagan. Bu Eronning Rossiya va Yevropaga kirish eshigi edi, shuning uchun u gʻarbiy meʼmorchilik taʼsirida boʻlgan. Eronning birinchi ommaviy kutubxonasi shu yerda qurilgan va u Eronda qizlarning maktabga borishiga ruxsat berilgan birinchi shahar edi.

Eronning Isfahon va Rasht shaharlari 2015-yil 11-dekabrda YuNESKOning ijodiy shaharlar tarmogʻiga qabul qilindi. Isfahon oʻzining ijodiy hunarmandchiligi va xalq amaliy sanʼati va Rashtning oʻziga xos gastronomiyasi tufayli roʻyxatga olingan. Rasht kashtachiligi shahar va Gilon viloyatiga xos hunarmandchilik va sanʼatdir.

2015-yilning 4-yanvarida Rasht 4500 yildan koʻproq vaqt oldin Gilonning siyosiy markazi sifatida tanlangan. Oʻshanda 4-yanvar sanasi mamlakatning rasmiy taqvimiga Rasht kuni sifatida kiritilgan.

Oshxonasi Rasht aholisining asosiy oziq-ovqatlari turli xil baliqlardir. Mirzoqosimi, vavishka (haggisning bir turi), nargiziy, bagʻala gʻatogʻi va ashpal (ikra) ham mashhur mahalliy taomlardir. Rashteh xoshkar mashhur shirinlik hisoblanadi. Zaytun parvardeh — zaytun va anordan tayyorlanadigan delikatesdir, bu shaharda mashhur ziravor hisoblanadi.

Rose de Rescht

Rosa 'de Reschtʼ, koʻplab eski bogʻ atirgullari kabi, qiziqarli tarixiy voqeani taqdim etadi. Eronda paydo boʻlgan bu nav haqida 19-asr oxirida Angliyada xabar berilgan, ammo keyin u unutilgan. 1945-yilda Miss Nensi Lindsi tomonidan Eronning ustonlaridan birining markazi Rasht yaqinida qayta kashf etilgan va Buyuk Britaniyaga qaytarilgan va u yerda 1950-yillarda qaytadan taqdim etilgan. Bugungi kunda u koʻplab sovrinlarni qoʻlga kiritib, Viktoriya sinfida namoyish etilmoqda.

Qardosh shaharlari Rasht quyidagi shaharlar bilan birodarlashgan: Astraxan, Rossiya Moskva, Rossiya Moʻlton, Pokiston Trabzon, Turkiya

Manbalar

Havolalar Rasht Municipality Organization شهرداري رشت Damash Rasht futbol jamoasi muxlislari sayti Gilon ustoni Eron palatalari jamiyati: Rasht Eron Savdo, sanoat va konlar palatasi: Gilon Sharq ensiklopediyasi Info Please Parnoramadagi Rasht fotosuratlari

Turkum:Eron shaharlari

Turkum:Gilon ustoni shaharlari Turkum:Eron ustonlari markazlari Turkum:Kaspiy dengizi aholi punktlari Turkum:Buyuk Ipak yoʻli boʻyidagi aholi punktlari