Takashi Nagatsuka (yaponcha: 長塚節; 1879-yil 3-aprel, Ibaraki prefekturasi – 1915-yil 8-fevral, Fukuoka) – yapon shoiri, adabiy tanqidchi va yozuvchi, Masaoka Sikining shogirdi.

Biografiyasi left|thumb|Takashi Nagatsuka Yozuvchi 1879-yil 3-aprelda Xonsyu orolidagi Ibaraki prefekturasida dehqon oilasida dunyoga kelgan.

Takashi Mito oliy maktabiga oʻqishga kirdi, ammo oʻqishni tugatmasdan tashlab ketdi. Masaoka Sikining yapon she’riyatini isloh qilish boʻyicha yangicha gʻoyalarini oʻzlashtirgan holda, Tokioga koʻchib bordi va shoirning shogirdiga aylandi. U „Manʼyosyu“ni oʻrganishni boshladi va Masaoka Shiki tomonidan ishlab chiqilgan „hayotni aks ettirish“ usuli – shaseiga iloji boricha aniq rioya qilishga intildi.

O‘qituvchisi vafot etgandan soʻng, shoir 1903-yildan 1908-yilgacha chop etilgan „Asibi“ hamda 1908-yilda Ito Satio tomonidan asos solingan „Araragi“ jurnallarini tashkil etishda ishtirok etdi.

Takashi Nagatsuka 1915-yilda o‘pka silini davolash uchun Fukuokadagi Imperatorlik Kyushu universiteti kasalxonasiga yotqizildi. Kasallik zoʻrayib, hiqildoqqa ham taʼsir qildi va hatto Nagatsuka Takashini davolagan otorinolaringologiya sohasidagi mashhur mutaxassis Kubo Inokiti ham shoirni qutqara olmadi. U 8-fevralda vafot etdi.

Ijodi Takashining ijodidagi asosiy mavzu manzara lirikasi va qishloq turmushi edi. U qisqa umri davomida bir nechta she’riy to‘plamlar yozishga ulgurdi. Ularning orasida „Kasallik paytida yaratilgan qoʻshiqlar“ (1912-yil) alohida eʼtiborga loyiqdir.

Shoir 1906-yildan boshlab nasriy asarlar ham yoza boshlagan. Uning „Koʻmirchining qizi“ (1906), „Sado oroli“ (1907), „Batat kavlash“ (1908) kabi qissa va hikoyalari mashhur boʻlgan. 1910-yilda shuhrat qozongan „Yer“ romanini nashr etdi. Ushbu asarda dehqonlarning ogʻir turmushi, qishloq aholisining eng kambagʻal qatlamlari hayoti tasvirlangan boʻlib, ularning turmushi fojiali tarzda aks ettirilgan.

Manbalar

Turkum:1879-yilda tugʻilganlar Turkum:3-aprelda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar