Denis Colin Leary — 1957-yil 18-avgustda Massachussetsda dunyoga kelgan amerikalik komik aktyor. Leary MTVdagi chiqishlari hamda No Cure for Cancer (1993) va Lock 'n Load (1997) kabi stendap shoulari orqali ommaga tanilgan. Leary 1990-yillarda kinoindustriyaga kirib kelgan. Shundan soʻng Judgment Night (1993), Gunmen (1994), Operation Dumbo Drop (1995) va Wag the Dog (1997) filmlarida muhim rollarni ijro etgan.
Leary 2000-yillarda The Job (2001–2002) teleserialini ishlab chiqqan va bosh rolda oʻynagan. Undan tashqari Rescue Me (2004–2011) teleserialining ssenariysini yozib bosh rolni oʻzi gavdalantirgan. Bu uchun Leary ikki bor Primetime Emmy mukofotiga daʼvogarlik qilgan. Keyinchalik Leary The Amazing Spider-Man filmida Kapitan George Stacy roli uchun chaqirilgan. Keyinchalik Draft Day filmida Cleveland Brownsning bosh murabbiyi Vince Penn rolini gavdalantirgan. Leary bir qancha animatsion filmlarda dublyajda ham qatnashgan. Jumladan A Bug's Life multfilmidia Francis va Muzlik davri franshizasidagi Diego personajiga ovoz bergan.
2015-2016 yillarda Leary FX kanalida Sex & Drugs & Rock & Roll komediya serialiga ssenariy yozgan hamda bosh rolni ijro etgan.
Hayotining ilk davrlari Denis Colin Leary 1957-yil 18-avgustda Massachusets shtatining Worcester shahrida Irlandiyadan koʻchib kelgan Katolik oilasida dunyoga kelgan. Onasi Nora xizmatkor, otasi John Leary esa avtomexanik boʻlgan. Leary AQSh hamda Irlandiya fuqaroligini olgan. Leary komedik shov boshlovchisi Conan Oʻbrienning jiyani hisoblanadi.
Leary Worcesterdagi Saint Peter’s High School (hozirda Saint Paul) maktabini taʼlim olgan va Bostondagi Emerson kollejini bitirgan. Emersonda Leary hozirgi eng yaqin doʻsti komik Mario Cantone bilan tanishganProfile, emerson.edu. Retrieved March 7, 2015.. Talaba boʻlgan paytida Leary Emerson Comedy Workshop guruhini tashkil etgan. Ushbu guruh hozirgi kunda ham kampusda faoliyat yuritadi.
1981-yilda Emerson kollejini tamomlaganidan soʻng, Leary besh yil davomida maktabda komediya yozish boʻyicha darslar bergan. Leary 2005-yil may oyida bakalavriyat bitiruv marosimida nutq soʻzlagan. 2009-yilda chiqarilgan „Why We Suck“ kitobining muqovasida u Dr. Denis Leary deb atalgan.
Faoliyati Leary komik sifatida faoliyatini Bostonning Play it Again Sam’s klubida boshlagan. Biroq, uning ilk haqiqiy chiqishi 1990-yil 18-oktyabrda Rascals Comedy klubida boʻlib, u The Rascals Comedy Hour teleshousining bir qismi sifatida namoyish etilgan. Leary shuningdek, Lenny Clarke's Late Show mahalliy komediya seriyasida chiqishlar qilgan. Ushbu koʻrsatuv uning yaqin doʻsti Lenny Clarke tomonidan olib borilgan.
Leary MTVning Remote Control shousida sketchlarda ishtirok etgan. U koʻrsatuvda Keith Richards, Colin Quinnning ukasi va rassom Andy Warhol kabi insonlarning obrazlarini gavdalantirgan. Leary 1990-yillarning boshlarida MTV sketchida R. E. M. guruhiga qarshi gapirganida mashhurlikka erishgan. Keyinroq, MTV uchun bir qator boshqa reklama sketrlari chaqirilgan. Unda Leary tez-tez turli mavzularda qarshi fikrlar aytib, oʻsha paytlarda mashhur boʻlib borgan rokning yangi janriga nisbatan oʻz fikrlarini bildirgan.
1993 yilda Learynin Asshole qoʻshigʻi stereotipik amerikalik erkak haqida boʻlib, katta shuhrat qozongan. Qoʻshiq Avstraliyaning radiosidagi soʻrovnomada 1-oʻrinni egallagan hamda Holsten Pils brendi uchun reklamalarda ishlatilgan. Bu reklamalarda Leary ham ishtirok etgan. Ushbu tarona Britaniyada hit boʻlib, 1996-yil yanvarida UK Singles Chartda 58-oʻringa koʻtarilgan.
1995 yilda Leary Bostondagi Bruins afsonasi Cam Neely tomonidan Neelyning saraton xayriya fondi uchun komediya xayriya shousini tashkil etishga yordam berish uchun taklif qilingan. Bu tadbir „Comics Come Home“ deb nomlangan hamda Leary har yili ushbu shouga boshlovchilik qiladiSideTrack: Comics Come Home lineup announced. Boston Herald, August 15, 2018. Retrieved February 4, 2022.
2009-yil 21-martda Leary New Jersey shtatidagi Atlantic City shahrida Rescue Me Comedy turini boshlagan. 11 ta shaharni qamrab olgan bu turda Leary bilan Rescue Me serialining hamkorlari Lenny Clarke va Adam Ferrara ham ishtirok etishgan. Bu tur Learyning 12 yil ichidagi ilk stand-up komediya turi boʻlgan. Tur davomida suratga olingan Douchebags and Donuts dasturi 2011-yil 16-yanvarda Amerikaning televideniyasida namoyish etilgan va 18-yanvarda DVD shaklida chiqarilgan.
Leary 2012-yil iyulda premyera qilingan Yangi Oʻrgimchak-odam filmida Kapitan George Stacy rolini ijro etgan. U Sirens asarining ekranlashtirilgan versiyasiga ssenariy yozgan. Undan tashqari Leary Burn hujjatli filmiga prodyuserlik qilgan. Bu film Detroit yongʻin idorasining kurashlarini tasvirlaydi. Burn 2012 yilgi Tribeca Film Festivalida Audience Award mukofotini qoʻlga kiritgan.
Leary FX uchun Sex & Drugs & Rock & Roll nomli teleserialni yaratgan hamda bosh rolni oʻzi ijro etgan. FX 10 ta qismdan iborat birinchi mavsumni suratga olgan, va shou 2015-yil 16-iyulda efirga uzatilgan. Shou ikki mavsum davom etgan.
2022-yilda Leary Law & Order: Organized Crime serialida NYPD xodimi Frank Donnelly obrazi uchun doimiy rollardan birini qoʻlga kiritgan.
Leary 2013-yildan boshlab NESN kanali tomonidan tayyorlangan Behind the B hujjatli shousining hikoyachisi sifatida ishtirok etib kelmoqda. Bu shou Boston Bruins haqidagi hikoyalarni tasvirlaydi.
Shaxsiy hayoti Leary 1989-yilda yozuvchi Ann Lembeck Leary bilan turmush qurgan. Ular Emerson kollejida Leary Annning ingliz tili oʻqituvchisi boʻlgan vaqtda tanishishgan. Ularning ikki farzandi bor: birinchisi 1990-yilda tugʻilgan oʻgli Jon Joseph, ikkinchisi 1992-yilda dunyoga kelgan qizi DevinProfile, The New York Times. Retrieved March 7, 2015.. Ann Leary Londonga tashrifi chogʻida erta tugʻilgan oʻgli haqida An Innocent, a Broad nomli yodnomani nashr ettirgan. Shuningdek, Ann 2008-yilda nashr etilgan Outtakes From a Marriage nomli romanni hamda 2013-yilda chiqarilgan The Good House romanini yozgan.
Leary muz hokkeyi ishqibozi boʻlib, Connecticut shtatidagi Roxbury shahridagi uyining orqa hovlisida hokkey maydoni yaratgan. U Boston Bruins va Boston Red Sox jamoalariga hamda Green Bay Packers jamoasiga muxlislik qiladi.
Filmografiyasi
Komik chiqishlari YiliNomiRoliIzoh1993-yilDenis Leary: No Cure for CancerHimselfStand-up special1997-yilDenis Leary: Lock 'N Loaded2005-yilMerry F#%$inʼ ChristmasChristmas special2011-yilDenis Leary & Friends Presents: Douchebags & DonutsStand-up special
Filmlari YiliNomiRoliIzoh1987-yilLong Walk to ForeverNewtShort film1991-yilStrictly BusinessJakeCameo1993-yilBillWho's the Man?Sergeant CooperDemolition ManEdgar FriendlyLoaded Weapon 1Mike McCrackenCameo; performing „You Really Got Me“Judgment NightFallon1994-yilGusGunmenArmor OʻMalleyNatural Born KillersPrison InmateDirector's cut; cameo1995-yilOperation Dumbo DropCW3 David PooleFrank1996-yilUnderworldJohnny Crown/Johnny AltTwo If by SeaFrancis „Frank“ OʻBrienAlso writer1997-yilLove Walked InJack HanawayAlso producerWag the DogFad KingSuicide KingsLono VeccioDougNick1998-yilMonument Ave.Bobby OʻGradya.k.a. Snitch Also uncredited writerWide AwakeMr. BealSmall SoldiersGil MarsA Bug's LifeFrancis (voice)1999-yilTrue CrimeBob FindleyJesus' SonWayneDo Not DisturbSimonDet. Michael McCann2000-yilSandTeddyLakeboatThe FiremanCompany ManOfficer Fry2001-yilDouble WhammyDet. Raymond PlutoAlso uncredited producerFinalBillperforming „Little Sister“BlowProducer2002-yilDawgDouglas „Dawg“ Munforda.k.a. Bad BoyIce AgeDiego (voice)Nominated – Kids' Choice Award for Favourite Voice from an Animated MovieSlater2003-yilWhen Stand Up Stood OutHimselfDocumentaryReverse of the Curse of the BambinoDocumentary (sequel)2006-yilIce Age: The MeltdownDiego (voice)2009-yilIce Age: Dawn of the Dinosaurs2012-yilYangi Oʻrgimchak-odamGeorge StacyIce Age: Continental DriftDiego (voice)2014-yilDraft DayCoach PennThe Amazing Spider-Man 2George Stacy2015-yilFreaks of NatureRick Wilson2016-yilIce Age: Collision CourseDiego (voice)2023-yilSpider-Man: Across the Spider-VerseGeorge StacyArchival footage from The Amazing Spider-Man2026-yilIce Age 6Diego (voice)In developmentTBAOh. What. Fun.TBAPost-production
Koʻrsatuvlari YiliNomiRoliIzoh1980-yilLenny Clarkeʼs Late ShowVariousSeries regular1987–1990-yillarRemote ControlVarious rolesAll episodes1990-yilAfterdriveHimselfTalk showRascals Comedy HourStand Up1994–1995-yillarMike & SpikeCharles S. Baby3 episodes1995-yilNational Lampoon's Favorite Deadly SinsJakeTelevision film, also directed segment „Lust“1996-yilThe Second Civil WarVinnie FrankoTelevision film1997-yilSubway StoriesGuy in wheelchairTelevision film1998-yilThe Late Late Show with Tom SnyderHimself1 episodeFantasy World Cup1 episodeSpace Ghost Coast to CoastEpisode: „Waiting for Edward“2001–2002-yillarThe Rosie O'Donnell ShowGuestThe JobMike McNeilAlso writer and producer2002-yilContest SearchlightHimselfAll episodesCrank YankersJoe Smith (voice)Episode: 1.22004–2011-yillarRescue MeTommy Gavin93 episodes; also creator, producer and writer2006–2014-yillarThe Late Late Show with Craig FergusonHimself12 episodes2008-yilThe SimpsonsHimself (voice)Episode: „Lost Verizon“RecountMichael WhouleyTelevision film2011-yilIce Age: A Mammoth ChristmasDiego (voice)TV special2013-yilMaronHimself1 episode – „Dead Possum“2015-yilBendersExecutive producer2015–2016-yillarSex & Drugs & Rock & RollJohnny RockAlso creator, producer, writer and director2016-yilThe Late Late Show with James CordenBill ClintonIce Age: The Great Egg-ScapadeDiego (voice)TV special2018–2022-yillarAnimal KingdomBillyRecurring role (season 3) Guest role (Season 4, 6)2019-yilFamily GuyBody Shop Owner (voice)Episode: „Girl, Internetted“2019–2021-yillarThe MoodysSean Moody Sr.Main role2022-yilLaw & Order: Organized CrimeFrank DonnellyRecurring roleTBANo Good DeedMikeyUpcoming seriesTBAGoing DutchColonel Patrick QuinnAlso executive producer
Video Oʻyinlar YiliNomiRoliIzoh2006-yilIce Age 2: The MeltdownDiego2012-yilIce Age: Continental Drift – Arctic Games2013-yilIce Age VillageMobile game2015-yilIce Age Avalanche
Manbalar