Xalmuratova Guljan Pirmatovna – qoraqalpoq muhandisi va jamoat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi V chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi. Iqtisod fanlari nomzodi. Hayoti Guljan Xalmuratova 1969-yil Qoraqalpogʻistonning Xoʻjayli tumanida tugʻilgan. 1991-yilda Toshkent arxitektura va qurilish universitetini muhandis–quruvchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Universitetni tamomlagach, shu yerda oʻqituvchi sifatida ishga kirgan. 2004-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari lavozimga tayinlangan. 2010-yilgacha shu lavozimda faoliyat olib borgan. 2023-yildan buyon Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi shoʻba mudiri. Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining V chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar