Iron Lung — oʻzining rejissyorlik debyutida bosh rolni ijro etgan Mark Fischbach (ijtimoiy tarmoqlarda Markipilier nomi bilan mashhur) tomonidan yozilgan va ishlab chiqilgan Amerika ilmiy-fantastik qoʻrqinchli filmi. Ushbu film 2022-yilda David Szyumanski tomonidan huddi shu nom ostida yaratilgan video oʻyinning ekranlashtirilgan koʻrinishidir.
Yaratilishi Post-apokaliptik kelajakda sodir boʻlgan voqea „The Quiet Rapture“ deb nomlanuvchi koinotdagi barcha maʼlum yulduzlar va yashashga yaroqli sayyoralarning gʻoyib boʻlishiga olib keladi, mahbus esa kimsasiz oyda kashf qilingan qonli okeanni topish uchun yuboriladi. Bu ishni amalga oshirish uchun esa „Iron Lung“ nomli kichik suv osti kemasi quriladi.
Ijrochilar tarkibi
Mark Fischbach Karolin Roza Kaplan Seán McLoughlin David Szymanski (kamero)
Suratga olish jarayonlari thumb|Mark Fischbachning oʻzi „Iron Lung“ga rejissyorlik qilish, uni ishlab chiqish, yozish va moliyalashtirishda ishtirok etishi haqida xabar bergan. 2023-yil 16-fevralda David Szymanski hazil tariqasida Twitterda Mark Fischbach va Seán McLoughlin (ijtimoiy tarmoqlarda Markiplier va Jacksepticeye foydalanuvchi nomlari bilan tanilgan) oʻynagan Iron Lung oʻyinining filmga moslashuvida rol oʻynashini eʼlon qilgan. 2023-yil 8-martda Fishbachning Varietyga bergan intervyusida filmga rejissyorlik qilayotganini, uni oʻzi yozgani shu bilan birga unda aktyorlik qilayotganini ham tasdiqlagan, ammo bu aynan qaysi film ekanligini aytmagan. 2023-yil 7-may kuni McLoughlin oʻzining Twitter’da filmda ishtirok etayotganligini tasdiqlagan.
Ishlab chiqish oldi jarayonlari Szymanski filmning ssenariy oldi jarayonlarida yordam bergan va filmning yorqin epizodli rolini olgan. Andrew Hulshult ham filmni ovozlashtirish uchun tasdiqlangan.
Film tasvirga olinishi va montaj ishlari 2023-yil 21-aprelda Fischbach „Iron Lung“ filmining ekranlashtirilishini rasman eʼlon qilgan. Bundan tashqari, Deadline Hollywood xabariga koʻra, Fischbach filmni oʻzi moliyalashtirgan. Filmda Fischbach Caroline Rose Kaplan bilan birga rol oʻynagan hamda unga Will Hyde va Jeff Guerrero bilan prodyuserlik qilgan. Suratga olish ishlari Texasning Ostin shahridan boshlangan. Szymanski filmni kinoteatrlarda namoyish qilish uchun moʻljallanganligini aytib oʻtgan va bu filmni Fischbachning birinchi teatrlashtirilgan filmi deb taʼriflangan. Szymanski avvalroq YouTube Original interaktiv filmlari A Heist with Markiplier (2019) va In Space with Markiplier (2022) filmlarini yozgan va prodyuserlik qilgan. Filmining ishlab chiqilish jarayonida Fischbach „Iron Lung“ qoʻrqinchli filmlar ichida eng koʻp qonli saxnalarni oʻz ichiga olgan film boʻlishini aytgan. Fischbach suratga olish jarayonida koʻzlariga juda koʻp soxta qondan foydalanganligi tufayli kasalxonaga yotqizilgan. 29-aprel kuni Fischbach oʻzining YouTubeʼdagi kanalida suratga olish ishlari yakunlanganini eʼlon qilgan, bu esa montaj jarayonining boshlanganligini bildirardi.
2023-yil iyul oyida Fischbach SAG-AFTRA aʼzosi ekanligini va Iron Lung taqdimoti 2023-yilgi SAG-AFTRA ish tashlashi tufayli kechiktirilishini maʼlum qilgan.
2023-yil 14-oktabrda Fischbach oʻzining YouTube kanalida filmning rasmiy treylerini e’lon qilgan. 16-oktabr kuni oʻzining YouTube kanalidagi jonli efirda u „Iron Lung“ filmini suratga olish maqsadida Five Nights at Freddy’s filmidagi rolni oʻynashdan bosh tortganini aytgan, chunki bu ikki filmning jadvallari bir-biriga zid boʻlgan. 2024-yilning iyun oyida Fischbach film rasman tayyorligini eʼlon qilgan va u filmni ekranlashtirish boʻyicha muzokaralar olib borgan.
Manbalar
Turkum:Ilmiy-fantastik filmlar Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar