Jaʼfar ibn Abdulloh al-Mansur () – ikkinchi Abbosiy xalifasi Abu Jafar al-Mansurning toʻngʻich oʻgʻli va uchinchi abbosiy xalifasi al-Mahdiyning akasi. Al-Mansurning toʻngʻich oʻgʻli sifatida vafotiga qadar xalifalik taxtiga nomzod boʻlgan.

Hayoti Jaʼfar Abdulloh ibn Muhammad al-Abbosiy al-Hoshimiyning (boʻlajak xalifa al-Mansur) oʻgʻli boʻlgan. 11–12 yoshga toʻlganda otasi xalifalikka tayinlangan.

Onasi Arva binti Mansur al-Himyariy al-Mansurning birinchi xotini edi. U Ummu Muso nomi bilan ham mashhur boʻlib, nasli Himʼyariylar podshohlariga borib taqaladi. Otasining ismi Mansur al-Himyoriy. Jaʼfarning Yazid ismli ukasi boʻlgan.

Arva Muhammad (boʻlajak xalifa al-Mahdiy) va Jaʼfar ismli ikki oʻgʻilni dunyoga keltirgan. 764-yilda vafot etgan. Uning ikki oʻgʻli Jaʼfar va Muhammad Iso ibn Muso merosxoʻrlikdan chetlatilgandan keyin uning merosxoʻrlari hisoblangan. Biroq Jaʼfar otasi al-Mansur davrida vafot etgan. Uning ukasi Muhammad esa taxtga yagona nomzod boʻlib qolgan.

Al-Mansurning kanizaklaridan biri kurd ayol boʻlib, u al-Mansurning oʻgʻli Jaʼfarning onasi edi. Al-Mansur chaqaloqqa katta oʻgʻlining ismini qoʻygan.

Jaʼfar vafotidan soʻng uning yosh bolalariga otasi qaragan. Al-Mansur ham vafot etganidan keyin Jaʼfarning ukasi xalifa al-Mahdiy akasining farzandlari uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olgan. Al-Mahdiy keyinchalik Jaʼfarning qizi Zubaydaga uylangan.

Qarindoshlari Jaʼfar Abbosiylar xonadonining bir qancha qudratli shaxslari bilan qarindosh edi. U al-Mahdiyning akasi, al-Aminning ona tomondan bobosi boʻlgan.

Jafarning ham bir qancha opa-singillari bor edi. Onasining vafotidan keyin otasi boshqa ayollarga uylangan va ulardan farzand koʻrgan. №AbbosiylarQarindoshligi1Al-Saffohamakisi2Al-Mansurotasi3Al-Mahdiyukasi4Muso al-Hodiyjiyani5Horun ar-Rashidjiyani (kuyovi)6Al-Aminnevarasi7Zubaydaqizi8Sulaymonoʻgay ukasi9Iso ibn al-Mansuroʻgay ukasi10Yoquboʻgay ukasi11Jafar ibn al-Mansuroʻgay ukasi12Solih al-Miskinoʻgay ukasi13Qosimoʻgay ukasi14Aliyaoʻgay singlisi

Manbalar

Adabiyotlar Abbott, Nabia (1946). Two Queens of Baghdad: Mother and Wife of Hārūn Al Rashīd. University of Chicago Press al-Tabari; Hugh Kennedy (1990). The History of al-Tabari Vol. 29: Al-Mansur and al-Mahdi A. D. 763-786/A. H. 146–169. SUNY series in Near Eastern Studies. State University of New York Press. pp. 148–49.

Turkum:Horun ar-Rashid Turkum:740-yilda tugʻilganlar Turkum:760-yilda vafot etganlar