Ittifoq jome masjidi – Andijon viloyati, Jalaquduq tumani Janubiy Olamushuk shaharchasida joylashgan masjid . 1998-yil 23-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 1998-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Qurilishi Masjid binosi dastlab 1995-yilda mahalliy aholi tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. 2022-yilda masjid binosi qayta qurilib, zamonaviy qiyofaga keltirildi. Binoda bir vaqtning oʻzida 1000 nafarga yaqin namozxon ibodat qilishi mumkin. Masjid tarkibidagi kutubxonada umumiy 200dan ortiq ilmiy va diniy kitoblar, qoʻllanmalar mavjud.
Masjidning 2 ta minorasi mavjud boʻlib, ularning balandligi 22 metrni tashkil etadi. Minoralar 2022-yilda masjid hisobidan qurilgan.
Masjidga uzpoq yillardan buyon Jakbarali Mansurov imomlik qilib kelmoqda.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha masjidlar Turkum:Jalaquduq tumani Turkum:Andijon viloyati