„Koʻk kit“ (; Siniy kit deb romanizatsiya qilinadi), shu bilan birga, „Koʻk kit chellenji ()“ nomi bilan ham omma orasida mashxur boʻlgan oʻyin. 2016-yildan beri mavjud boʻlgan ijtimoiy tarmoq fenomeni boʻlib, bir nechta mamlakatlarga tarqalgan deb daʼvo qilinadi. Xabar qilinishicha, bu narsa „oʻyin“ boʻlib, 50 kun davomida maʼmurlar tomonidan oʻyinchilarga yuklangan bir qator vazifalardan iborat. Oʻyin bosqichlari osondan qiyini tomon oʻzgarib boradi. Bunda, oʻyinchiga oʻziga, atrofdagilariga zarar yekazish hamda oʻyin soʻnngida oʻz joniga qasd qilish vazifasini bajarish bilan oʻyinda yutish mumkin boʻladi.
„Koʻk kit“ fenomeni dastlab 2016-yil may oyida Rossiyaning „Novaya Gazeta“ gazetasida chop etilgan maqola orqali eʼtibor tushgan. Ushbu maqolada Rossiyaning VK ijtimoiy tarmogʻidagi „F57“ guruhiga aʼzolikni koʻplab oʻzaro bir biriga bogʻliqligi mavjud boʻlmagan bolalarning oʻz joniga qasd qilish holatlari bilan bogʻlagan edi. Bu xabar Rossiyada keng miqyosda vahima toʻlqinini keltirib chiqargan. Keyinchalik, oʻrganilgan oʻz joniga qasd qilish holatlarining hech biri mazkur guruh faoliyati natijasida sodir boʻlmaganligi aniqlangan. Oʻyin bilan bogʻliq oʻz joniga qasd qilish holatlari haqidagi xabarlar butun dunyo boʻylab tarqalgan, lekin ularning birortasi ham tasdiqlanmagan.
Xabar qilinishicha, Koʻk kit oʻyini Misr, Keniya va Pokiston kabi bir qator mamlakatlarda taqiqlangan. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, oʻyinni shunchaki taqiqlash qiyin yoki umuman imkonsiz.
Politsiya ogohlantiruvlari Rossiy politsiyasi oʻyin haqida barchani jiddiy ogohlantirgan.
Shu bilan birga, Armaniston, Braziliya, Fransiya, Hindiston, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniya kabi bir qator boshqa mamlakatlarning huquq-tartibot organlari ham ogohlantirishlar eʼlon qilgan.
Hibsga olishlar
2016-yilda universitetdan chetlashtirilgan 21 yoshli sobiq psixologiya talabasi Philipp Budeikin bu oʻyinni 2013-yilda oʻzi yaratganini taʼkidlagan. Budeikinning aytishicha, oʻyinning maqsadi „jamiyatni biologik chiqindilardan tozalash“ ekan. Budeikin jamiyatni qadrsiz va yuk deb hisoblangan shaxslardan „tozalashni“ koʻzlagan ekan. Keyin esa oʻzining aybsizligini taʼkidlab, „shunchaki koʻngilxushlik uchun qilgan edim“ degan boʻlsa-da, Budeikin hibsga olingan va Sankt-Peterburgdagi Kresty qamoqxonasida saqlangan. 2016-yil may oyida kamida 16 nafar oʻsmir qizni oʻz joniga qasd qilishga undaganini tan olgan. Keyinchalik Phillip voyaga yetmagan ikki nafar qizni oʻz joniga qasd qilishga undashda aybdor deb topilgan. Benjamin Radford kabi sharhlovchilarning taʼkidlashicha, Budeikinning ishtiroki bilan bogʻliq jahon yangiliklarida shov-shuvga sabab boʻlgan hikoyalar bor-yoʻgʻi ikkita rus manbasiga bogʻlangan, tabloid yangiliklar esa xuddi shu maʼlumotni batafsil takrorlagan.
2017-yil iyun oyida pochtalon Ilya Sidorov Moskvada hibsga olingan, shuningdek, bolalarni oʻz-oʻziga zarar yetkazishga va oxir-oqibat oʻz joniga qasd qilishga undash uchun „Koʻk kit“ guruhini tuzishda ayblangan. Ilya Sidorov 32 nafar bolani oʻz guruhiga qoʻshilishga va uning buyruqlarini bajarishga koʻndirganini daʼvo qilgan.
Taxminiy hodisalar
Avstraliya Garchi Avstraliyada oʻz joniga qasd qilish haqidagi xabarlar oʻyin bilan bogʻliqligi aniq boʻlmasa-da, avstraliyalik jurnalist tomonidan Kidspot boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruv oʻyin u yerda ham oʻyin tarqalganini tasdiqlagan.
Chili Chilida oʻyinning birinchi ehtimoliy holati 2017-yil aprel oyida Antofagasta shahrida, 12 yoshli qiz oʻz joniga qasd qilgan. Shuningdek qizning qolida kit shaklida oʻyib chizilgan tasvir ham topilgan.
Yana qarang
Kiberbulling Verter effekti
Manbalar
Havolalar
„Koʻk kit“ning OAVda yoritilishidan xavotir Pushti kit harakati (Movimento Baleia Rosa, , Portugal tilida)
Turkum:Folklor Turkum:Oʻyinlar