Abdibek Sheroziy (; toʻliq ismi: Xoja Zaynulobidin Ali Abdibek Navidi Sheroziy; 1515-yil 19-avgust — 1580-yil) — shoir, tarixchi, tarjimon va 3 ta „Xamsa“ muallifi hisoblanadi.
Hayoti Abdibek Sheroziy 1515-yil 19-avgustda tugʻilgan. U faqatgina shoir emas, tarixchi ham boʻlgan boʻlib, uning „Takomilat al-axbor“ nomli asari bizgacha yetib kelgan. Bundan tashqari u 3 ta „Xamsa“ yozgan, 3 ta gʻazallar devoni tuzgan, 2 ta tarjima asari bor va boshqa har xil risolalar muallifi hisoblanadi. Lekin uning faqat 9 ta asarida nashr ettirilgan.
Abdibek Sheroziyning „Xamsa“sidagi 5-dostonining („Oynai Isakandariy“) tanqidiy matnini Abdulfazl Hoshim oʻgʻli Rahimov amalga oshirgan boʻlib, u Moskvadagi „Nauka“ nashriyoti tomonidan nashr etilgan. Abdibek Sheroziy 1580-yilda vafot etgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Tarixchilar Turkum:Tarjimonlar Turkum:1580-yilda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar