Izaskun Manuel Llados – ispaniyalik togʻ changʻisi bilan shugʻullanuvchi paralimpiyachi. U 1994-yilda Lillehammerdagi qishki Paralimpiada oʻyinlarida qatnashgan va ikkita medal: bitta kumush va bitta bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Faoliyati 1994-yilda Lillehammerda boʻlib oʻtgan Qishki Paralimpiada oʻyinlarida Izaskun Manuel Llados slalom poygasida 2:38.84 natija bilan ikkinchi oʻrinni egallagan. Shohsupada, 1-oʻrinda shved sportchisi Asa Bengtsson 2: 14.24 lik koʻrsatkich bilan va 3-oʻrinda italiyalik sportchi Silvia Parente 4: 09.33 lik koʻrsatkich bilan unga hamroh boʻlgan. U pastga tushish poygasida 1:38,74 natija koʻrsatib ikkinchi oʻrinni egallagan. Musobaqada yangi zelandiyalik Joanne Duffy 1:28,58 va vatandoshi Magda Amo Rius 1:37,87 natija koʻrsatgan. Izaskun Manuel Llados boshqa musobaqalarda ham qatnashgan. Jumladan, gigant slalomda 3: 21,07 natija bilan yettinchi va supergigantda 1: 41,82 natija bilan sakkizinchi oʻrinni egallagan. Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Biscaylik sportchilar Turkum:Ispaniyalik ayol togʻ changʻichilari Turkum:Ispaniyalik para-togʻ changʻichilari