Anatoliy Nikolayevich Babenko (; 1951-yil 7-avgust, Makeyevka, Stalin viloyati – 2014-yil 31-avgust) – sovet futbolchisi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. Ukraina va Qozogʻiston klublarida murabbiylik qilgan.
Biografiya
Futbolchilik faoliyati Anatoliy dastlab oʻzining tugʻilgan joyi Makeyevkada, soʻngra qisqa muddat Donetskning Shaxtyor jamoasida oʻynagan. 1969-yilni Avangard Makeyevka jamoasi tarkibida oʻtkazgan. 1970—1971-yillarda Sovet ittifoqi armiyasida xizmat qilgan davrida Kiyevning SKA jamoasi tarkibida oʻynagan. 1971-yilda Pavel Bogodelov bilan birgalikda Vinnitsaning „Lokomotiv“ klubiga oʻtgan. Anatoliy1974-yilda SSSR ikkinchi ligasining boshqa bi jamoasi, „Vulkan“ Petropavlovsk-Kamchatskiyklubida oʻynagan. U
Babenko 1975-yil Toshkentning „Paxtakor“ klubida boshlagan, mart oyida SSSR kubogi doirasida „Metalist“ jamoasiga (4:1) qarshi, chempionatda esa uchta oʻyinda ishtirok etgan. 1975-yil ikki davra boshlanishidan avval birinchi liganing boshqa bir jamoasi, „Zvezda Perm“ ga klubiga oʻtdi. Dastlabki mavsumida maydonga tushmagan boʻlsada, jamoadagi debyitini 1976-yilda oʻtkazgan. 1977-yil Moskvaning Torpedo klubi tarkibiga oʻtgan. Moskva jamoasida ikki mavsum davomida asosiy tarkibda birorta ham oʻyin oʻtkazmagan. Bu davrda koʻrichak tufayli jarroxlik amaliyotini oʻtkazga. Keyinchalik Kemerovoning „Kuzbass“ jamoasi tarkibida birinchi ligada (1979—1981), ikkinchi ligada „Niva Vinnitsa“ (1982—1985), „Meliorator Chimkent“ (1986) klublarida oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati 1987—1988-yillarda „Niva“ jamoasining murabbiyi va rahbari. 2004-yilda – Qaragʻandining „Shaxtyor“ klubi bosh murabbiyi.
Anatoliy 2014-yil 31-avgustda vafot etgan.
Manbalar
Havolalar Anatoliy Babenko Footballfactsru saytida
Anatoliy Babenko Anatoliy Babenko
Anatoliy Babenko Ukr-footbal.org.ua saytida ishlash statistikasi
Turkum:7-avgustda tugʻilganlar Turkum:1951-yilda tugʻilganlar Turkum:31-avgustda vafot etganlar Turkum:2014-yilda vafot etganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FC CSKA Kiyev futbolchilari Turkum:FC Nyva Vinnytsia futbolchilari Turkum:FC Vulkan futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:FC Zvezda Perm futbolchilari Turkum:FC Kuzbass Kemerovo futbolchilari Turkum:FC Jiger futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar