Avstraliyalik Matthew Ebden va John Peers finalda amerikalik [Austin Krajicek]] va Rajeev Ramni 6-7 (6-8), 7-6 (7-1), [10-8) hisobida magʻlub etib, 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida tennis boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu Avstraliyaning tennis boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida 1996-yildan beri qoʻlga kiritilgan birinchi olimpiada oltin medali boʻldi. Bronza medali uchun bahsda amerikalik Taylor Fritz va Tommy Paul chexiyalik Tomáš Macháč va Adam Pavlásekni 6:3, 6:4 hisobida magʻlub etishdi.

2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari erkaklar oʻrtasidagi juftlik tennis musobaqasi 2024-yil 27-iyuldan 3-avgustgacha Fransiyaning Parij shahridagi Roland Garros stadionida boʻlib oʻtdi. Musobaqada 23 davlatdan 64 nafar sportchi (32 jamoa) ishtirok etdi.

Xorvatiyalik Nikola Mektić va Mate Pavić 2021-yildan beri amaldagi chempion edi, ammo ular birinchi davrada germaniyalik Dominik Koepfer va Jan-Lennard Struffga yutqazishdi.

Saralash

Har bir Milliy Olimpiya qoʻmitasi (MOQ) ikkitagacha jamoa kiritishi mumkin. Erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida saralash asosan ATP reytingi roʻyxati orqali amalga oshiriladi. Erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida 32 ta kvota mavjud.

Musobaqa formati Musobaqada bronza medali uchun bahslar boʻldi. Dastlabki ikki setda tenglik kuzatilsa tay-brek oʻtkazildi.

Ishtirokchilar Ishtirokchilar 2024-yil 23-iyul holatidagi reyting boʻyicha berilgan.

/ (birinchi bosqich) / (chorak final) / (yarim final, bronza medal sohiblari) / (final, kumush medal sohiblari) / (birinchi bosqich) / (birinchi bosqich) / (birinchi bosqich) / (birinchi bosqich)

Barcha bosqichlar

Final

Yuqori yarim guruh

Quyi yarim guruh

Manbalar

Havolalar

Draw Entry List Turkum:Tennis 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida