Kaʼbul Ahbor (; 548-yil, Yaman – 652-yil, Hims, Suriya) – tobein. Bir necha kitoblar muallifi sifatida mashhur. Manbalarda kelishicha Kaʼbul Ahbor Paygʻambar Muhammad tiriklik paytida islomni qabul qilmagan. Islomni Xalifa Umar ibn Hattob paytida qabul qilgan. Millati yahudiy boʻlgan. Ibn Abu Hotimning qayd etishicha, uning iymon keltirishiga sabab Qur’ondagi Niso surasi 47-oyati sabab boʻlgan. U Umar ibn Xattob,Oysha binti Abu Bakr hadis rivoyat qilgan. Muoviya ibn Abu Sufyon paytida saroyda maslahatchi va mudarris boʻlgan. Gʻazzoliy oʻzining „Mukoshafatul qulub“ nomli asarida uningning nasihatlarini keltirgan.

Buxoro viloyati Kogon tumanida Kaʼbul Ahbor ziyoratgohi bor. Ayrim manoqiblarda Kaʼbul Ahborning yoshi va va boʻyining balandligi haqida boʻrttirilgan. Manbalar

Havolalar