Bahodir Hamidovich Toshmatov (1964-yil Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan) – oʻzbek harbiy xizmatchisi. 2017—2020-yillarda va 2026-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni.
Biografiya Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasini, Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasini, shuningdek, Fargʻona davlat universitetini tamomlagan.
Sovet Armiyasi Turkiston harbiy okrugi qoʻshinlarida turli qoʻmondonlik lavozimlarida va keyinchalik 90-yillar davomida Mudofaa vazirligining rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan. 1999-yildan 2001-yilgacha Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni. 2001—2005-yillarda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni. 2005—2008-yillarda Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni. 2008—2011-yillarda Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari va Bosh shtab boshligʻi, soʻngra 2011—2013-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi lavozimlarida ishlagan. 2013—2017-yillarda mudofa vaziri general-polkovnik Qobul Berdiyevning birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2017—2020-yillarda Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi qoʻmondoni boʻlgan. 2018-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan. 2020-yil 22-oktyabrda Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining qurolli kuchlarni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
2026-yil 28-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni. 28-mart kuni Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi raisi etib saylandi. Manbalar
Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik harbiy xizmatchilar Turkum:Oʻzbekiston Bosh shtab boshliqlari Turkum:Oʻzbekiston hukumati Turkum:Fargʻona davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston generallari