Kerderi – Qozogʻistonda bir vaqtlar Orol dengizi boʻlgan va keyinchalik qurigan dengiz hududida joylashgan tashlandiq aholi punktlari guruhiKrivonogov et al. 2014, p. 290.. Kerderida taxminan XIV asrda, suv sathi past boʻlgan paytda aholi yashagan deb taxmin qilinadiKrivonogov 2009, p. 1146. Kerderi qachon tashlab ketilgani nomaʼlum. Biroq, Kerderidagi baʼzi obyektlarning uglerod darajasigaKrivonogov et al. 2014, p. 292. va tarixiy dalillarga koʻra, Orol dengizi 1570-yildan soʻng, Amudaryo Orolga qayta oqishini boshlaganidan keyin asta-sekin toʻla boshlaganCretaux et al. 2013 p. 105.. Kerderi butunlay suv ostida qolgan. 1960-yilda suv sathida aholi punkti pastlikda joylashgan boʻlgan. 1960-yillardan keyin Sovetlar Amudaryo va Sirdaryoni boshqa tomonga burganlarida, Orol yana chekinadi va Kerderiga zamonaviy tarixda birinchi marta kirish imkoniyati paydo boʻladi. Aholi punktlari 2001-yilda qayta kashf etilgan. Oʻshandan beri ular Orol dengizining ostida tarixiy oʻzgarishlar kuzatishning muhim omili boʻlib xizmat qiladiCretaux et al. 2013 p. 104..
Kerderida uchta alohida punkti mavjud boʻlib, ular Kerderi-1, Kerderi-2 va Orol Asar deb nomlangan. Aholi punktlari ikkita maqbara xarobalari bilan mashhurKrivonogov et al. 2014, p. 290-291.. Kerderi-1 aholisi bir vaqtlar yaqin atrofdan oqqan Sirdaryodan chuchuk suv olishgan. Arxeologik dalillar shuni koʻrsatadiki, aholi guruch va bugʻdoy yetishtirgan, shuningdek chorvachilik bilan ham shugʻullangan. Orol Asar orqali Ipak yoʻli oʻtganligi sababli ham, bu aholi punktida savdo-sotiq yaxshi rivojlangan. Manbalar
Havolalar
Turkum:Qozogʻiston maqbaralari Turkum:Orol dengizi