Tara Westover (1986-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) – amerikalik yozuvchi va tarixchi. Uning „Talaba“ (2018) memuar kitobi The New York Times bestsellerlari roʻyxatidan joy olgan va bir qator milliy mukofotlarga loyiq koʻrilgan. The New York Times ushbu kitobni 2018-yilning eng yaxshi 10 ta kitobidan biri sifatida baholagan. Westover Time jurnali tomonidan 2019-yilning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatiga kiritilgan.
Yoshligi va taʼlimi Westover Aydaxo shtatining Clifton shahrida (aholi soni 259) Mormonlar oilasida tugʻilgan. U yetti farzandning eng kichigi boʻlib, beshta akasi va opasi bor. Westoverning ota-onasi shifoxonalar, davlat maktablari va federal hukumatga shubha bilan qarashgan. Westover uyda doya yordami bilan dunyoga keltirilgan va hech qachon shifokor yoki hamshiralar koʻrigiga olib borilmagan. U toʻqqiz yoshga toʻlgunga qadar hattoki tugʻilganlik haqida guvohnoma olish uchun roʻyxatdan oʻtmagan. Westoverning otasi oila aʼzolarining rasmiy tibbiy yordam olishiga qarshilik koʻrsatgan. Hattoki ogʻir jarohatlari boʻlsa ham onasi farzandlarini faqatgina xalq tabobati va turli xil giyohlar yordamida uyda oʻzi davolagan.
Westover va uning hamma akalari va opasi onasi tomonidan uyda oʻqitilgan. Westoverning aytishicha, u oʻqishni katta akasidan oʻrgangan va u cherkov kitoblarini oʻqigan. Ammo hech qachon maʼruzalarda qatnashmagan, insholar yozmagan yoki imtihonlar topshirmagan. Chunki ularning uyida darsliklar kam boʻlgan.
Oʻsmirlik chogʻida Westover kattaroq dunyoni koʻrishni va kollejga oʻqishga kirishni istay boshlagan. U ACT imtihonida yaxshi ball toʻplash uchun darsliklar sotib olgan va mustaqil ravishga imtihonga tayyorlana boshlagan. Westover Brigham Young universitetiga oʻqishga kirishga muvaffaq boʻlgan va yuqori maktab diplomiga ega boʻlmasa-da, stipendiya yutib olishga erishgan. Westover uni oʻrab turgan jamiyatga moslashish uchun qattiq harakat qilgan va oʻqishdagi muvaffaqiyatlari tufayli 2008-yilda universitetni imtiyozli diplom bilan tugatishga muvaffaq boʻlgan.
U keyinchalik Gates Cambridge stipendianti sifatida Trinity kollejida Kembrij universiteti magistrlik darajasini olgan. Westover 2014-yilda intellektual tarix boʻyicha doktorlik darajasini olgan. Uning dissertatsiyasi „1801–1890-yillar Angliya-Amerika hamkorligida oila, axloq va ijtimoiy fan“ deb nomlanadi.
2009-yilda, Kembrijni bitirayotgan yili Westover ota-onasiga koʻp yillar davomida (15 yoshidan boshlab) akasi tomonidan jismoniy va ruhiy zoʻravonlikka uchrab kelganini aytgan. Ota-onasi uning ushbu iddaolarini rad etib, Westover shaytonning taʼsiri ostida ekanligini taʼkidlashgan. Oila ushbu holatdan soʻng ikkiga ajralgan. Westover oʻzining 2018-yilgi „Talaba“ memuar kitobida oʻzining universitet taʼlimiga tomon gʻayrioddiy yoʻli haqida yozgan.
Faoliyati Westover 2019-yil kuzida Harvard Kennedy maktabining Shorenstein Center qarorgohida yozuvchi sifatida oʻz faoliyatini boshlagan. U 2020-yil bahorida ushbu maktabning katta ilmiy xodimi sifatida tanlangan.
Westover The New York Times va BBC News kabi jurnallarda ham oʻz faoliyatini olib borgan.
Asarlari
Talaba
2018-yilda Penguin Random House nashriyoti tomonidan Westoverning „Talaba“ nomli kitobi nashr etilgan. Ushbu kitobda muallifning taʼlim va avtonomiyaga boʻlgan intilishini oilasining qatʼiy mafkurasi va izolyatsiya qilingan hayoti bilan uygʻunlashtirish yoʻlidaga kurashi haqida hikoya qilinadi. Ushbu asar qisqa fursatda The New York Timesning birinchi raqamli bestselleriga aylangan va The New York Times, The Atlantic Monthly, USA Today, Vogue, The Economist nashriyotlari tomonidan ham ijobiy qabul qilingan.
Asar 2020-yil fevral holatiga koʻra ikki yil davomida The New York Times bestsellerlar roʻyxatida oʻz oʻrnini yoʻqotmagan va 45 tilga tarjima qilingan. 2020-yil dekabr holatiga koʻra ushbu asar 8 milliondan ortiq nusxada sotilgan.
Tara ota-onasining advokati kitobdagi baʼzi holatlar haqida, jumladan, uning otasi bipolyar kasallikka chalingan boʻlishi va onasi motorikaning pasayishiga olib kelgan miya jarohatiga uchraganligi haqidagi fikrlarni rad etgan.
Shaxsiy hayoti Westover hozirda Londonda istiqomat qilmoqda. Manbalar
Havolalar
Tara Westover, After Words, C-SPAN
Turkum:Amerika adabiyoti Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik yozuvchilar