„My Oh My“ – Amerikalik qoʻshiqchi Ava Maxning qoʻshigʻi. U 2024-yil 4-aprel kuni Atlantic Records orqali yakka tartibdagi singl sifatida chiqarilgan.

Orqa fon va kompozitsiyasi 2024-yil 19-mart kuni Max oʻzining ijtimoiy tarmoqlarida „My Oh My“ qoʻshigʻining bir qismini joylab, bu yangi davrning boshlanishi ekanligini taʼkidladi. Keyinchalik u 26-mart kuni qoʻshiqning chiqarilish sanasini eʼlon qildi. 28-mart kuni qoʻshiq 2024-yilgi Major League Baseball mavsumini reklaman qilish maqsadida MLB Network tomonidan Instagram sahifasiga qoʻyildi. „My Oh My“ 4-aprel kuni raqamli yuklab olish uchun ommaga taqdim etildi. Bu qoʻshiq Max, JBach, Sam Martin va prodyuser Inverness tomonidan yozilgan. Raqs-pop va elektropop qoʻshigʻida bolib, u naqoratida Arab rifi deb nomlangan melodiyadan foydalanadi.

Video Klipi „My Oh My“ ning musiqa videosi qoʻshiq bilan birga chiqarildi. Film Hunter Moreno tomonidan rejissyorlik qilingan va Matt Steffanina tomonidan xoreografiya qilingan. Ularda Max va bir guruh raqschilar omborda raqsni ijro etishadi. Video davomida u paparazzilar guruhi tomonidan suratga olish maqsadida oʻrab olinadi. Keyinchalik Max bir barda stol ustida erkin raqs tushayotgan sahna mavjud.

Xodimlar Amanda Ava Koci – qoʻshiqchi, qoʻshiqlar yozuvchisi

Charlz Nelsen – qoʻshiq yozuvchisi, prodyuser Jonathan Bach – qoʻshiq yozuvchisi Samuel Martin – qoʻshiq yozuvchisi Gian Stone – vokal prodyuser Bryce Bordone – muhandis Kris Geringer – rejissyor Jon Xanes – postanovkachi rejissyor Serban Genea – postanovkachi rejissyor

Chartlar Chart (2024) oʻrni Belarus Airplay (TopHit) 45 Xorvatiya(HRT) 9 Estoniya Airplay (TopHit) 93 Finlandiya Airplay (Suomen virallinen radiosoittolista) 11 Latviya Airplay (TopHit) 8 Norvegiya (VG-lista) 38 Polsha (Polish Airplay Top 100) 28 Rossiya Airplay (TopHit) 29 Janubiy Korea (Circle) 59 Shvetsiya (Sverigetopplistan) 73 UK Singles Sales (OCC) 28

Manbalar

Turkum:Ava Max qoʻshiqlari