Constance Smith (1929-yil 7-fevral – 2003-yil 30-iyun) – kelib chiqishi irlandiyalik boʻlgan ingliz va amerika kino aktrisasi.

Biografiyasi Constance Smith Limerikda Britaniya armiyasidagi harbiy xizmatchi oilasida tugʻilgan va oilaning 11 farzandi ichida eng kattasi boʻlgan. Smith 11 yoshligida uning otasi vafot etgan va onasi uni monastirga oʻqishga yuborishga majbur boʻlgan. 16 yoshida Constance Smith Dublindagi goʻzallik tanlovida gʻolib chiqqan. Uning onasi bu muvaffaqiyatdan, shuningdek, qizining taniqli kino aktrisasi Hedy Lamarrga oʻxshashligidan foydalanib, taniqli kinostudiyalarga takliflar bilan xatlar yuborgan. 1947-yilda Constance Smith kinoda epizodik rollarda debyut qilgan.

1950-yilda Constance Smith 20th Century Fox kinostudiyasi bilan shartnoma imzolagan. 1952-yilda u „Oskar“ mukofotini topshirish marosimini oʻtkazgan. Uning kinolardagi eng yaxshi roli „Man in the Attic“ (1953) trilleridagi roli hisoblanadi. Biroq, Smithning Gollivuddagi karyerasi aktyorlik qobiliyatining zaifligi, shuningdek, oiladagi yomon muhit tufayli rivojlanmasdan qolgan. U giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarni isteʼmol qila boshlagan. 1955-yilda aktrisa Italiyaga joʻnab ketgan va u yerda kinolarda bir qator ikkinchi darajali rollarni, xususan, „La congiura dei Borgia“ filmidagi Lucretia Borgia rolini ijro etgan. Rimda boʻlganida Smith barbituratlar yordamida oʻz joniga qasd qilishga uringan. 1960-yilga kelib u kino sanʼatini butunlay tark etgan.

Shaxsiy hayoti 1951-yilda Constance Smith kino aktyor Bryan Forbesga turmushga chiqqan va u bilan 1955-yilgacha birgalikda hayot kechirgan. 1962-yilda u oʻsha paytdagi yigiti Paul Rothaga pichoq urganligi uchun uch oylik qamoq jazosiga hukm qilingan. 1968-yilda Smith aynan oʻsha Paul Rothani joniga suiqasd qilgani uchun sudlangan. 1974-yilda esa Paul Rothaga turmushga chiqqan. Constance Smith bir necha bor oʻz joniga qasd qilishga urinib koʻrgan. Umrining soʻnggi yillarida u alkogolga qaram boʻlib qolgani uchun bir necha bor davolangan. Smith turli xil ishlarda, xususan, farrosh boʻlib ishlagan. U 2003-yil 20-iyunda Londonda nomaʼlum holda vafot etgan.

Filmografiyasi

Jassy (1947) – Yosh xonim Brighton Rock (1947) – Qoʻshiqchi Easy Money (1948) – Wilsonning kotibasi The Calendar (1948) – Airport Attendant To the Public Danger (1948, Qisqa metrajli film) – Qovoqxonadagi bilyard oʻyinini tomosha qilayotgan qiz Murder at the Windmill (1949) – Kiyimxonadagi qiz The Perfect Woman (1949) – Qabulxona xodimi Now Barabbas (1949) – Jean Trottie True (1949) – Gaiety Girl Room to Let (1950) – Molly Nusgrave The Mudlark (1950) – Kate Noonan Don't Say Die (1950) – Red Biddy The 13th Letter (1951) – Cora Laurent Blackmailed (1951) – Hamshira Anne I'll Get You for This (1951) – Nina Red Skies of Montana (1952) – Peg Mason Lure of the Wilderness (1952) – Noreen McGowan Taxi (1953) – Mary Turner Treasure of the Golden Condor (1953) – Clara MacDougal Man in the Attic (1953) – Lily Bonner Tiger by the Tail (1954) – Jane Claymore Impulse (1954) – Lila The Big Tip Off (1955) – Penny Conroy Un poʻ di cielo (1955) – Nora The Violent Patriot (1956) – Emma Caldana Addio per sempre! (1958) – Lucia Conspiracy of the Borgias (1959) – Lucrezia Borgia Knight Without a Country (1959) – Laura (oxirgi roli)

Radioda Yil Dastur Qism 1953-yil Radio Theater Taxi

Manbalar

Havolalar

Constance Smith in 'Actors' file at Limerick City Library, Ireland

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Limerikda tugʻilganlar Turkum:20-asr aktrisalari Turkum:Amerikalik aktrisalar