Yapon arxipelagi (Yaponcha: 日本列島, Nihon Rettō) Yaponiyani tashkil etuvchi 14,125 orollardan iborat arxipelagdir. U Ohota dengizidan shimoli-sharqda Xitoy va Filippin dengizlari boʻylab 3,000 km (1,900 mil) ga choʻzilgan. Arxipelag Tinch okeanidan to Yevroosiyo materigi qirgʻogʻigacha choʻziladi va shimoldan janubga uchta yirik oroldan iborat: Shimoliy-sharqiy Yaponiya arki, Janubi-gʻarbiy Yaponiya arki va Ryukyu orol arki. Daitō orollari, Izu–Bonin–Mariana arki, Kuril orollari va Nanpō orollari arxipelagning yonida joylashgan.

Yaponiya Sharqiy Osiyodagi eng katta va dunyoda esa toʻrtinchi eng katta orol mamlakatdir. Yaponiya arxipelagi 377,975.24 km² (145,937.06 kv mil) maydonga ega. U 4,470,000 km² (1,730,000 kv mi) eksklyuziv iqtisodiy zonaga ega.

Terminologiya "Materik Yaponiya" atamasi Yaponiyaning katta orollarini uzoq, kichik orollardan ajratib turadi. Atama Xokkaydo, Xonsyu, Kyusyu va Shikoku orollariga nisbatan ishlatilinadi. 1943-yildan Tinch okeanidagi urushning oxirigacha Karafuto prefekturasi (janubiy Saxalin) „Materik Yaponiya“ning bir qismi sifatida belgilangan. Geografik nuqtai nazardan „materik“ atamasi biroz notoʻgʻri, chunki bu atama materikka tutashgan hududga nisbatan aytiladi.

„Uy orollari“ atamasi Ikkinchi jahon urushi oxirida Yaponiyaning suvereniteti va imperatori konstitutsiyaviy hukmronligi cheklangan hudud uchun ishlatilgan. Bu atama bugungi kunda ham arxipelagni Yaponiya koloniyalari va boshqa hududlaridan ajratib turish uchun keng qoʻllanadiMilton W. Meyer, Japan: A Concise History, fourth ed. Lanham, Maryland: Rowman & Littlefield, 2012, , p. 2 ..

Paleogeografiya

Geografiya Arxipelag 14,125 ta oroldan iborat (bu yerda perimetri 100 m dan ortiq boʻlgan yerlar tushuniladi), shulardan 430 tasida aholi yashaydi . Besh asosiy orol, shimoldan janubga qadar joylashgan: Xokkaydo, Xonsyu, Shikoku, Kyusyu va Okinava. Xonsyu eng katta orol boʻlib, Yaponiyaning materik qismi deb ataladi„Japanese Archipelago“ , TheFreeDictionary.com, retrieved 24 June 2013..

Topografiya quyidagicha boʻlinadi: Xokkaydo, Xonsyu va Shikoku va uning atrofidagi orollar; Kyusyu va Ryukyu yoyi, bu Ryukyu orollari va boshqa atrofdagi orollardan iborat; Xokkaydoning sharqiy qismi va Kuril orollari; Nanpō orollari va Izu yarim oroli (Izu-Bonin-Mariana yoyining bir qismi).

Gallareya

Manbalar

Turkum:Arxipelaglar