Parijdagi 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida stol tennisi musobaqalari 27-iyuldan 10-avgustga qadar Parij Expo Porte de Versailles koʻrgazma va konferensiya markazida oʻtkazildi. Erkaklar va ayollar oʻrtasida teng taqsimlangan jami 172 nafar stol tennischilar ushbu oʻyinlarda beshta yoʻnalish boʻyicha medallar uchun (erkaklar oʻrtasida yakkalik, ayollar oʻrtasida yakkalik, erkaklar oʻrtasida jamoaviy, ayollar oʻrtasida jamoaviy va aralash bahslar) kurash olib bordilar. Avvalgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ham aynan ushbu tartibdan foydalanilgan. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari dasturidan ilk bor oʻrin olgan aralash juftlik musobaqalari muvaffaqiyatli tarzda oʻtkazilganidan soʻng, bu yoʻnalish ikkinchi marotaba Yozgi Olimpiada oʻyinlarining stol tennisi dasturida saqlanib qoldi.

Saralash

Parijda oʻtkazilayotgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida stol tennisi dasturidan oʻrin olgan erkaklar va ayollar oʻrtasida teng taqsimlangan 172 ta kvota oʻrinlari mavjud. MOQ ushbu musobaqalarda jami beshta yoʻnalish boʻyicha (erkaklar va ayollar oʻrtasida yakkalik bahslari, erkaklar va ayollar oʻrtasida jamoaviy bahslar hamda aralash juftlik musobaqalari) sportchilarning medallar uchun kurash olib borishlarini belgilab qoʻygan. Mezbon davlat Fransiya vakillari erkaklar va ayollar oʻrtasida jamoaviy bahslarda toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etdi, yakkalik yoʻnalishida erkaklar va ayollardan faqat 1 nafarsa hamda aralash juftlik yoʻnalishida ishtirok etdi.

Ishtirokchi davlatlar

Jazoir (1) Argentina (1) Avstraliya (6) Avstriya(2) Belgiya (2) Braziliya (6) Kamerun (1) Kanada (4) Chili (3) Xitoy (6) Kuba (3) Chexiya (1) Daniya (3) Ekvador (1) Misr (1) Fiji (1) Fransiya (6) (mezbon) Germaniya (6) Birlashgan Qirollik (2) Gretsiya (1) Gayana (2) Hong Kong (4) Vengriya (3) Hindiston (6) Eron (3) Italiya (2) Yaponiya (6) Iordaniya (1) Qozogʻiston (1) Lebanyon (1) Luksemburg (3) Madagaskar (1) Maldiv orollari (1) Meksika (2) Moldova (1) Monako (1) Nepal (1) Niderlandiya (1) Nigeriya (4) Shimoliy KOreya (3) Polsha (4) Portugaliya (5) Puerto-Riko (3) Kongo (1) Ruminiya (5) Senegal (1) Serbiya (1) Singapur (3) Sloveniya (3) Slovakiya (1) Koreya (6) Ispaniya (2) Shvetsiya (6) Tayvan (6) Tailand (3) Turkiya (1) Ukraina (3) AQSh (4) Vanuatu (1)

Musobaqa jadvali

+Schedule Musobaqa↓ / Sana → Shan 27 Yak 28 Du 29 Se 30 Chor 31 Pay 1 Ju 2 Shan 3 Yak 4 Du 5 Se 6 Chor 7 Pay 8 Ju 9 Shan 10 Erkaklar yakkalik D ¼ ½ F Erkaklar jamoaviy D ¼ ½ F Ayollar yakkalik D ¼ ½ F Ayollar jamoaviy D ¼ ½ F Aralash juftlik D ¼ ½ F

Medallar uchun bahslar

Medallar jadvali

Medal sohiblari thumb|Musobaqa davomida Erkaklar yakkalikFan ZhendongTruls MöregårdhFélix LebrunErkaklar jamoaviyFan ZhendongMa LongWang ChuqinAnton KällbergKristian KarlssonTruls MöregårdhSimon GauzyAlexis LebrunFélix LebrunAyollar yakkalikChen MengSun YingshaHina HayataAyollar jamoaviySun YingshaWang ManyuChen MengHina HayataMiwa HarimotoMiu HiranoShin Yu-binJeon Ji-heeLee Eun-hyeAralash juftlikWang ChuqinSun YingshaRi Jong-sikKim Kum-yongLim Jong-hoonShin Yu-bin

Manbalar

Turkum:Stol tennisi 2024-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari musobaqalari