Caleb Ryan Wiley (2004-yil 22-dekabrda tugʻilgan) – AQShlik professional futbolchi, Premyer-liganing Chelsea klubi va AQSh terma jamoasining himoyachisi.
Klublardagi karyerasi Atlanta United Yoshlik yillari Wiley Atlanta United akademiyasiga 11 yoshida qoʻshildi va 2020-yilda Atlanta United 2 jamoasida debyut qildi. 2018-yilgi MLS Cup finalida esa ball boy sifatida ishtirok etdi.
2020-yil iyul oyida Wiley oʻzining professional debyutini Atlantaning USL Chempionship doirasidagi Tampa Bay Rowdies jamoasi qarshi uchrashuvida oʻtkazdi.
Professional karyerasi 2022-yil 18-yanvarda Wiley Atlanta United jamoasi bilan ilk professional shartnomasini imzoladi. Fevral oyida esa u MLS turniridagi debyut oʻyinini oʻtkazdi. Sporting Kansas City klubiga qarshi maydonga tushgan futbolchi soʻnggi daqiqalarda oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻygan holda jamoasining 3:1 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi Jamoadagi bir qator futbolchilarning jarohatlaridan soʻng, Wiley oʻzini asosiy tarkibdagi oʻrnini ancha mustahkamlab oldi va 2022-yilgi mavsumda jami 26 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Chelsea 2024-yilning 22-iyulida Wiley Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubi bilan olti yilga moʻljallangan shartnoma imzoladi.
Manbalar
Turkum:AQSHda tugʻilganlar Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Atlanta United F.C. futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar