Xadra mahallasi (Xadra mavzesi, 17) — Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi mahalla. Tumanning Gulbozor, Jangoh, Shayxontohur, Oʻrda, Oʻqchi, Olmazor mahallalari hamda Olmazor tumanining Yangi Sebzor mahallasi bilan chegaradosh. 1993-yil 11-oktyabrda tashkil topgan.
Mahalla hududida Toshkent planetariysi, Toshkent sirki, Oʻzkimyosanoat AJ, Oʻzbek milliy akademik drama teatri, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Аlоqа tаriхi muzеyi, Yosh tomoshabinlar teatri, Soliq qo‘mitasi, Xalq banki Shayxontohur BHM, maktablar, bogʻchalar, ovqatlanish shaxobchalari joylashgan.
Xadra mahallasi maydoni 71,8 gektarni tashkil qiladi.
Etimologiyasi Xadra — Shayxontohur dahasidagi mahallalardan biri, endilikda eski shaharning markaziy maydoni. Tarixchi Yahyo Gʻulomov va folklorshunos Hodi Zarifovning fikricha, haddi roh „yoʻlning chekkasi, chegarasi“, yaʼni shaharning chekkasi degan maʼnoni bildiradi. Tilshunos F. A. Abdullayev esa xadra „notekis, past-baland, adirlik (yer) demakdir“ deydi (adrang — adra —xadra).
Manbalar
Turkum:Shayxontohur tumanidagi mahallalar