alt=Abdula Rasulov 2024-yil|thumb|Abdula Rasulov 2024-yil Tavalludi1 yanvar, 1959 yil. Namangan shahar (Oʻzbekiston). FuqaroligiOʻzbekistonMillatiO‘zbekTaʼlimiToshkent davlat universiteti (1985)Ish joyiNamangan davlat universiteti Tarix kafedrasiIlmiy darajasiTarix fanlar doktoriIlmiy unvoniProfessor

Tarjimai holi Rasulov Abdulla Nuritdinovich 1959-yil 1-yanvarda Namangan shahri(OʻzSSR)da tugʻilgan.

1985-1987 yy. — Namangan davlat pedagogika instituti Tarix kafedrasi kabinet mudiri;

1990-1991 yy. — Namangan davlat universiteti „Umumiy tarix“ kafedrasi katta oʻqituvchisi;

1991-1992 yy. — Namangan viloyati Ijroiya qoʻmitasi sektor mudiri;

1992-2014-yillarda Namangan davlat universitetida katta oʻqituvchi, dotsent, kafedra mudiri, maʼnaviy-axloqiy ishlar boʻyicha prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2014-2015 yy. — Namangan davlat universiteti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori;

2015-2018 yy. — Namangan davlat universiteti Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Hozirda Namangan davlat universiteti „Tarix“ kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.

Ilmiy faoliyat 1985-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitet)ni tamomlagan.

1987-1990-yillarda Qozon davlat universiteti aspiranturasida oʻqib, „Oʻrtavolga mintaqasi partiya tashkilotlari, mehnatkashlarining Turkiston xalqlariga baynalminal yordami (1918-1924 yy.)“ mavzusida tarix fanlar nomzodi dissertatsiyasini himoya qilgan.

1994-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan.

2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida „Turkiston va Volgaboʻyi, Uraloldi xalqlari oʻrtasidagi munosabatlar tarixi (1917-1924-yy.)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

2009-yil professor ilmiy unvonini olgan.

Ilmiy asarlari 200 dan ortiq ilmiy maqola, oʻquv-uslubiy qoʻllanma va darsliklar muallifi. Xususan, quyidagi monografiyalar chop etilgan:

„Turkiston va Volgaboʻyi, Uraloldi xalqlari oʻrtasidagi munosabatlar“ (Toshkent, 2005);

„Turkiston xalqi bagʻrikengligi“ (XX asr 20-yillari boshlarida Rossiyadan evakuatsiya qilingan bolalar misolida. Toshkent, 2011);

„Turkistonda ochlarga yordam koʻrsatish komissiyasi faoliyati“ (Hammualliflikda. Fargʻona, 2012);

„Turkiston va Rossiya xalqlari oʻrtasidagi munosabatlar“ (XX asr 20-yillari boshida Turkiston av Boshqirdiston xalqlari oʻrtasidagi oʻzaro yordam va hamjihatlik misolida). (Toshkent, 2017);

Türkistan ve Idil-Ural xalklari arasibdaki ilişkiler (1917-1924) (Ankara, 2017);

„Turkiston ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotidagi tatarlar“ (Hammualliflikda. Toshkent, 2019);

Tatari v Turkestane na izlome epox. Nachalo XX veka (Kazan, 2021);

„Turkistonda musulmonlar masalasi“ (Toshkent, 2024);

„Rossiyada gʻayritabaa-musulmonlar“(Toshkent, 2024).

Mehnat faoliyati Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01 ilmiy kengash raisi oʻrinbosari.

Fargʻona davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03.31.03.2021.Tar.05.05 ilmiy kengash aʼzosi.

Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyat tarixchilar jamiyati raisi.

Namangan davlat universiteti Kengashi aʼzosi.

Manbalar

Oʻzbekiston Respublikasi Fundamental kutubxonasi

Namangan davlat universiteti Kengashi aʼzolari

NamDU Prospekti Turkum:Oʻzbekiston professorlari Turkum:Namangan davlat universiteti faxriylari Turkum:Namangan kishilari

Turkum:Shaxsiyatlar Turkum:Shaxsiyatlar loyihasi maqolalari Turkum:Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar