Abdulloh ibn Hasan ibn Abu Numayy () (1632-yil 1-yanvarda vafot etgan) – Makka amiri. 1630–1631-yillarda Hijoz hukmdori .

Abdulloh ibn Hasan Mas’ud ibn Idrisning vafotidan soʻng hijriy 1040-yil Rabiulavval oyining 28-sanasi (1630-yil 3-dekabr) seshanba kuni ashraf roziligi bilan amir etib saylangan. Oʻsha paytda u Abu Numay xonadonining eng katta farzandi boʻlgan. Bu haqida Istanbulga xabar yuborilgach, Sulton Murod IV dan uning amir etib saylanganligini tasdiqlovchi farmon kelgan.

Abdulloh ibn Hasan hijriy 1041-yilning Safar oyi 1-sanasi (1631-yil 29-avgust) juma kuni minbardan oʻqiladigan duoda uning nomi zikr qilinish sharti bilan oʻgʻli Muhammad ibn Abdulloh va jiyani Zayd ibn Muhsinga taxtni boʻshatib bergan.

Abdulloh hijriy 1041-yil Jumodilavval oyining 10-sanasi (1632-yil 1-yanvardan 2-yanvarga oʻtar kechasi) juma kuni kechasi vafot etgan va otasi sharif Hasan ibn Abu Numayning qubbasiga dafn etilgan.

Ajdodlari Uning toʻqqiz oʻgʻli bor edi:

Muhammad Ahmad Hamud Husayn Hoshim Saqaba Zamil Muborak Zayn al-Obidin

Abdulloh ibn Hasan Abadila urugʻining ajdodi hisoblanadi.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1632-yilda vafot etganlar Turkum:Makka shariflari