Fotih Sulton Mehmet masjidi (; Rozafadagi Shkodër Stephen sobori (; ) nomi bilan ham tanilgan) – 13-asrga oid bino. Albaniyaning Shkodër yaqinidagi Rozafa qal’asida joylashgan.
Tarixi Masjid 13-asrda Rozafa qasrida qurilgan va 14-15-asrlarda Venetsiya tasarrufida boʻlgan paytii kengaytirilgan. 1319-yilda Shkodërlik Don Andrea cherkovning ayrim joylarini taʼmirlashda yordam berish uchun Dubrovnik respublikasi duradgorlarni olib kelgan. 1403-yilda yana bir taʼmirlash eslatib oʻtilgan.
Cherkov yaqinida 1251-yildan beri hujjatlashtirilgan episkopning uyi boʻlishi kerak edi, ammo 1478—1479-yillardagi Shkodra qamalidan soʻng, episkopga qal’ada yashashga ruxsat berilmadi. Usmoniylar 1685-yilda cherkovni masjidga aylantirdilar. 1685-yilda sobor masjidga aylantirilganda, u Fotih Mehmet masjidi () nomini oldi. Sobiq soborning janubiy tomoniga bir minora qurilgan.
1951-yilgacha cherkov yaqinida Nokaning mehmonxonasi () deb atalulvchi mehmonxona mavjud boʻlgan.
1939-yilda italyan ruhoniy va albanolog Zef Valentini cherkovni tiklash boʻyicha usullarni taklif qildi. Masjidni cherkovga qaytarish uchun AQShning qisman homiyligi ostida amalga oshirilishi rejalashtirilgan harakat Shkodër musulmon jamoasi tomonidan xush koʻrilmadi, va AQShning elchisi Marcy Ries loyihaning moliyalashtirilishini qayta baholashni vaʼda qildi.
Ushbu cherkov-masjid xarobalari orasida dikka, mehrob va katta minora qoldiqlari mavjud. Fotih Sulton Mehmet masjidi Shkodërdagi Oʻrta asrlarning kam sonli binolaridan biridir va Enver Xoja diktaturasi davrida Shkodërda qisman saqlanib qolgan yagona masjid boʻlib, shu davrda Shkodërdagi barcha 36 ta masjidni vayron qigan edi.
Yana qarang
Albaniyada islom
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Shkodërdagi masjidlar Turkum:1250-yillarda qurilgan cherkovlar Turkum:Masjidga aylantirilgan diniy binolar va inshootlar Turkum:Albaniyadagi cherkovlardan oʻzgartirilgan masjidlar Turkum:Shkodër okrugidagi diqqatga sazovor joylar Turkum:Albaniyadagi Rim-katolik cherkovlari Turkum:Albaniyadagi gotika arxitekturasi