Neal Mohan (1973-yil 14-iyulda tugʻilgan) — amerikalik biznes boshqaruchisi, YouTubening hozirgi bosh ijrochi direktori.
Mohan Indiana shtatining Lafayette shahrida tugʻilgan. Bolaliginining koʻp qismini Qoʻshma Shtatlarda oʻtkazgan. Keyin 1985-yilda oilasi bilan Hindistonga koʻchib oʻtganhttps://timesofindia.indiatimes.com/city/lucknow/youtubes-new-ceo-was-a-shy-boyrecall-his-lucknow-school-mates/articleshow/98054519.cms. 1992-yilda yana AQShga koʻchib oʻtib, Stanford universitetida oʻqishga kirgan. Ektrotexnika boʻyicha mutaxassislik boʻyicha tahsil olgan va 1996-yilda universitetni tamomlaganhttps://www.businesstoday.in/latest/trends/story/my-father-landed-in-us-with-usd-25-in-pocket-youtube-ceo-neal-mohan-shares-childhood-memories-of-india-404104-2023-11-01. Mohan Accenture kompaniyasida ish boshlagan, soʻngra NetGravity deb nomlangan startapga qoʻshilgan. Kompaniyada tezda taniqli shaxsga aylangan.
DoubleClick 2007-yilda Google tomonidan sotib olingan boʻlib, bu xarid asosan Google ijrochi direktori Susan Wojcicki tomonidan amalga oshirilgan. Wojcicki va Mohan keyingi oʻn besh yil davomida birga ishladilar. 2015-yilda Mohan Wojcicki bosh direktor boʻlgan YouTube kompaniyasining bosh mahsulot direktori boʻlgan. 2010-yillarning oxiri va 2020-yillarning boshlarida Mohan kompaniyaning YouTube TV, YouTube Music, YouTube Premium va YouTube Shorts kabi koʻplab loyihalariga boshchilik qilgan. Wojcicki 2023-yil fevral oyida isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Mohan YouTube bosh direktori lavozimini egalladi.
Yoshligi Neal Mohan 1973-yil 14-iyulda Indiana shtatining Lafayette shahrida tugʻilgan. Ota-onasi Aditya Mohan va Dipa Mohan lakhnaulik hindlar edihttps://youtube/sFG6FCV9bV0?si=eV1JOQJCX0PrF22L. Aditya Mohan 1970-yillarning boshlarida qurilish muhandisligi boʻyicha falsafa doktori darajasini olish uchun Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtgan, Purdue universitetiga qabul qilinganhttps://www.businesstoday.in/latest/trends/story/he-was-a-shy-boy-recall-youtubes-new-ceo-neal-mohans-lucknow-schoolmates-370746-2023-02-19. Mohan AQSHning Michigan va Florida shtatlarida katta boʻlgan. 1985-yilda oilasi bilan Hindistonga koʻchib oʻtgan va keyingi yetti yilda St. Frencis kollejida oʻqigan. 1991- va 1992-yillar oraligʻida Mohan yana Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtgan. Stanford universitetida oʻqigan, 1996-yilda elektrotexnika mutaxassisligi boʻyicha oʻqishni tamomlagan.
Faoliyati
Accenture va NetGravity Oʻqishni tugatgandan soʻng, Mohan Arthur Andersenga tegishli boʻlgan Accenture kompaniyasida ishlagan. 1997-yilda NetGravity deb nomlangan startapga qoʻshilgan. Kompaniya faoliyatida asosiy shaxsga aylangan va uning nufuzini ancha kengaytirgan.
DoubleClick 1997-yilda NetGravity DoubleClick tomonidan sotib olindi. Mohan Kaliforniyadan kompaniyaning Nyu Yorkdagi bosh qarorgohiga koʻchib oʻtdi. Keyingi bir necha yil ichida asta-sekin kompaniyaning markaziy biznes ishlariga koʻproq jalb qilindi. Mohan biznes operatsiyalari boʻyicha vitse-prezident boʻldi.
2003-yilda u BBM darajasini oʻqish uchun Stanfordga qaytib keldi. Stanfordda boʻlganida, DoubleClick kompaniyasi 1999-yilda Abacus Direct kompaniyasini sotib olganidan keyin jiddiy muammolarga duch keldi. Hellman & Friedman kompaniyaning boʻlinishi oqibatida uzoq yillik rahbar Devid Rozenblattdan DoubleClickning bosh ijrochi direktori bo‘lishini so‘radi. Rosenblatt ushbu taklifni qabul qildi va 2005-yilda MBA diplomini olganidan soʻng Mohanni ham oʻz safiga qoʻshdi, ammo Mohanning shartiga koʻra, u faqat Kaliforniyada qolishi kerak edi.
Birgalikda Rozenblatt va Mohan DoubleClickni reklama almashinuvi, asosiy reklama texnologiyasi holatlari va keng qamrovli reklama tarmogʻiga yoʻnaltirilgan kompaniya sifatida tashkil etish rejasini tuzdilar. Bu reja 400 slayddan iborat PowerPoint taqdimotida bayon etilgan boʻlib, uni yaratgan yoki koʻrgan odamlar hozirgi kunda ham Googlening biznes rejalari uchun taʼsir koʻrsatishda davom etayotganini aytadilar. Reja 2005-yil dekabr oyida DoubleClick va Hellman & Friedman direktorlar kengashiga taqdim etildi va ular tomonidan maʼqullandi.
Google thumb|Mohan 2013-yilgi Tech Crunch Disrupt konferensiyasida 2007-yil 13-aprelda Google DoubleClickni 3,1 milliard AQSh dollariga sotib olishga rozi boʻldi. Bu harakatni asosan Google rahbari Susan Wojcicki uyushtirgan. Keyingi 15 yil davomida 2007-yilda Googlega rasman qoʻshilgan Mohan bilan keng koʻlamda ishladi va DoubleClick bilan integratsiyalashuv jarayonida muhim rol oʻynadi. Googleda ishlagan paytida Mohan kompaniyaning 2010-yilda 85 million AQSh dollari evaziga Invite Mediani sotib olish jarayonini boshqargan. YouTubeʼga oʻtishdan oldin, Googleda displey va video reklamalar boʻyicha katta vitse-prezident boʻlib ishlagan.
2011-yilda, endi Twitter direktorlar kengashi aʼzosi boʻlgan Rozenblatt, Mohanni bosh mahsulot direktori sifatida ishga olishga harakat qildi. Mohan deyarli bu taklifni qabul qilayotgan bir paytda, Google unga kompaniyada qolishi uchun 100 million AQSh dollari toʻladi. Facebookning sobiq yuqori lavozimli rahbari ham Googleda ishlayotgan paytida Mohanni ishga olishga harakat qilganini aytgan.
YouTube thumb|Mohan Yangi Orleanda, Luiziana shtatidagi Collision 2017-yilda Mohan 2015-yilda YouTubega (Google shoʻba korxonasi) mahsulot direktori sifatida qoʻshildi. Kompaniyadagi faoliyati davomida 2010-yillarning oxiri va 2020-yillarning boshlarida YouTube Music, YouTube TV, YouTube Premium va YouTube Shorts kabi bir qator loyihalarni boshqargan. 2023-yil 16-fevralda Mohan Susan Wojcicki oʻrniga YouTube bosh direktori etib saylandi.
Boshqa tashabbuslari Mohan shuningdek, Microsoft bilan ham ishlagan va hozirda Stitch Fix va 23andMe kompaniyalari direktorlar kengashi aʼzosi.
Shaxsiy hayoti Mohan Hema Sareen Mohanga uylangan. Ayoli yigirma yil davomida notijorat va davlat farovonligi sohasida ishlagan. DoubleClick kompaniyasida ishlagan vaqtida Nyu Yorkda turmush qurishgan.
Manbalar
Havolalar
Neal Mohan Twitterda
Turkum:Amerikalik bosh direktorlar Turkum:Asli hind Tamil millatiga mansub boʻlgan amerikaliklar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Indianalik ishbilarmonlar Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:Stanford universiteti muhandislik maktabi bitiruvchilari Turkum:20-asr amerikalik ishbilarmonlari Turkum:21-asr amerikalik ishbilarmonlari Turkum:Google odamlari Turkum:YouTube