Akbarxoʻja Rasulov (1986-yil 28-sentyabr, Toshkent, OʻzSSR) – oʻzbek teatr va kino aktyori.
Hayoti
Akbarxoʻja Rasulov 1986-yil 28-sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. U oilada 4 farzandning kenjasi. Oʻrta maktabni tamomlaganch 2003-yilda Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutining (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti) estrada aktyorligi fakultetiga davlat granti asosida oʻqishga kiradi va 2007-yilda oʻqishni bitiradi. 2015-yilning 12-oktyabr oyida oila qurgan boʻlib, hozirgi kunda uning bir qiz va oʻgʻil farzandi bor. 2021-yilga kelib esa Turkiyada oʻz biznesini boshlagan.
Faoliyati
Akbarxoʻja Rasulov 1998-yilda „Kelajak tongi“ radiostudiyasida suhandon sifatida ishlagan. Oliy oʻquv yurtini bitirganidan soʻng Toshkent yoshlar teatrida, soʻng 2007–2009-yillarda Bahodir Yoʻldoshev asos solgan „Diydor“ teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritgan. Teatrdagi faoliyati davomida „Yulduzli tunlar“, „Vanya amaki – Astrov“ (), „Ajoyib hikoya“ () kabi rollarni ijro etgan.
Uning kinofilmdagi ilk roli „Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi“ filmi boʻlib, undan epizodlarda koʻrinish bergan. Keyinchalik „Yoʻqolgan odam“, „Iblis devori“, „Poyma-poy“, „Kechikkan hayot“, „Sevginator 2“, „Hur qiz“, „Jasur“, „Afgʻon“, „Xiyonat“, „Jigarbandim“, „Taqdirlar“, „Scorpion“, „Ibrat“, „Mendirman Jaloliddin“ kabi filmlarda rol ijro qilgan. Bundan tashqari u Rossiya, Ukraina va Turkiya film va seriallarida ham rol ijro qilgan. Jumladan, Rossiyaning „Razvedchiki. Posledniy boy“ filmida Yulay obrazini, Ukrainaning „Sorokapyatka“ filmida Djalmetov obrazini, Turkiyaning "Qurilish Usmon" yoki „Hukmdor Usmon“ ('') tarixiy serialida Chingizxonning yirik sarkardalaridan biri Subutoy obrazini gavdalantirgan.
Filmografiyasi
+Suratga tushgan filmlarYilNomiObrazIzoh2021Mendirman JaloliddinOʻzloqshohSerial2020Ibrat"Qurilish Usmon" yoki „Hukmdor Usmon“ ()SubutoyTurkiya tarixiy seriali2019Avto sarguzashtlarDublyajda ishtiro etgan2018ScorpionMednoe solnse2017NaziraShokir, Nazirning katta oʻgʻliBosh rolOh, Salima, Salima!2016Ustyurtga yoʻlHujjatli filmQizlarning jahli chiqdiVirus2015AkaHayotda...2014Delo BatagamihaydovchiKatta hovli2012XiyonatBosh rolJasurSardor, avtobusdagi yoʻlovchiTaqdirlarSarvar, bankning bosh direktoriBosh rolJigarbandimDunyo2011Hur qizAfgʻonAkbar, raisning oʻgʻli2010Sevginator 2: Qaynona operatsiyasiOxotniki za karavanamiSaidovKechikkan hayot2009Sled salamandriEpizodPoyma-poyZafar, Shohruhning akasi2008Iblis devoriRahmatning katta oʻgʻli, ichki ishlar hodimiSorokapyatkaDjalmetovUkraina filmRazvedchiki. Posledniy boyYulay, aygʻoqchi2007PanohYoʻqolgan odamKarim, Davronning doʻstiZastavaEpizod2006Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandiEpizod, Rossiya va Oʻzbekiston filmi2002CinedictumBolakay
Manbalar
Havolalar
Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktyorlar