Sodiqov Amirxon Zarifovich (2003-yil 18-iyul, Samarqand) – Oʻzbekistonlik sportchi, kamondan oʻq otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi .

Yutuqlari

Kamondan oʻq otish boʻyicha Osiyo kubogi bosqichlarida 1 ta oltin hamda 7 ta bronza medali sohibi. Konya—2021 Islom birdamligi oʻyinlarida Ziyodaxon Abdusattorova bilan birga ushbu sport turi dasturida uchinchi oʻrin sohibi boʻlgan. Jahon reytingida 32-oʻrinni egallab turibdi.

Parij olimpiadasi

Sodiqov 2024-yil 14—17-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida boʻlib oʻtgan turnirida oltin medalni qoʻlga kiritib, Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga ega chiqqan .

Yana qarang

Manbalar

Turkum:O‘zbekiston kamonchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari sportchilari