Yorqishloq seli – 2024-yil 14-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida vujudga kelgan sel. Sel kelgan vaqtda, Qirgʻiziston Respublikasidagi Oʻsh shahrinining ham katta qismi sel ostida qolgan. Sel kuchli yogʻingarchilik sabab vujudga keldi. „Oʻzgidromet“ agentligi 2024-yil 12-iyul kuni Oʻzbekistonning togʻ va togʻoldi hududlarida, jumladan, Andijon viloyatining ayrim tumanlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelish xavfi haqida ogohlantirish bergan edi.
Oqibat Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarida Andijon viloyatining Xoʻjaobod va Jalaquduq tumanlarini bogʻlovchi koʻprik sel sabab qulab tushganligi haqida videolar tarqalgan. Bundan tashqari, yana bir boshqa koʻprik ham sel kelishi bilan qulaganligini koʻrish mumkin. Koʻprikka yaqin hududda joylashgan gaz quvurlariga ham jiddiy zarar yetgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga sel toshqini yuzasidan jabrlanganlar va halok boʻlganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan.
Munosabatlar Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sel yuzasidan rasmiy munosabat bildirgan:
Manbalar
Turkum:2024-yil iyul oyida sodir boʻlgan voqealar Turkum:Tabiiy ofatlar