Job Joël André Matip (1991-yil 8-avgustda tugʻilgan) – Germaniyalik professional futbolchi, oxirgi marta Angliya Premyer-ligasining Liverpool klubi himoyachisi sifatida oʻynagan.

Matip professional faoliyatini 2009-yilda Schalke 04 klubida boshlagan va 2011-yilda DFB-Pokal kubogini qoʻlga kiritgan. U 2016-yilda Liverpool klubiga erkin agent sifatida oʻtishidan oldin jami 258 ta oʻyin oʻtkazib, 23 ta gol urgan. Keyinchalik Liverpool bilan 2019-yilda UEFA Chempionlar Ligasi finalida gʻalaba qozongan. Shuningdek, u 2019-yilgi UEFA Superkubogi va 2019—2020-yilgi Angliya Premyer-ligasida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Germaniyada tugʻilib oʻsgan Matip Kamerun terma jamoasi sharafini xalqaro miqyosda himoya qilgan. U 2010-yilgi Afrika Millatlar Kubogi va bundan tashqari 2010—2014-yillarda oʻtkazilgan FIFA Jahon chempionatlarida oʻynagan, 2015-yilda esa xalqaro faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.

Klublardagi karyerasi

Matip oʻz faoliyatini 1997-yilda VfL Bochumga qoʻshilishdan oldin SC Weitmar 45 futbol klubida boshlagan. VfL Bochumning yoshlar jamoalarida uch yil davomida oʻynaganidan soʻng, Matip 2000-yil iyul oyida Schalke 04 klubiga oʻtgan.

Schalke 04

Matip 2009-yil 27-oktabrda Regionalliga Westda 1. FC Saarbrückenga qarshi oʻyinda debyut qilgan. U Bundesligadagi debyutini 2009-yilning 7-noyabrida Schalke 04 safida Bavariyaga qarshi oʻtkazdi va oʻyinda gol urib keyinchalik oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ilk jamoasiga yaxshi kirishib ketgan Matip 2009-2010-yilgi mavsumning qolgan qismida jamoaning asosiy himoyachisi boʻlib harakat qildi va 1. FC Köln, Eintracht Frankfurt klublariga qarshi bahslarda 2ta gol kititdi. 2010-yilning 2-martida Matip Schalke 04 bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi.

2010-2011-yilgi mavsumda Matip UEFA Chempionlar Ligasida ham oʻz debyutini oʻtkazdi, chunki Schalke 04 klubi tarixda birinchi marta musobaqaning yarim finaliga chiqqan edi. 2011-yilning 5-aprelida u Chempionlar ligasidagi ilk golini chorak finalda San Siroda Interga qarshi bahsda kiritdi.

Liverpool 2016–2017-yilgi mavsum 2016-yilning 15-fevralida Matip Schalke 04 bilan shartnomasi tugaganidan soʻng, Liverpool klubiga tekinga oʻtdi va toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U oʻz debyutini 2016-yilning 23-avgustida Liverpool safida 2016-2017-yilgi EFL kubogida Burton Albionga qarshi oʻtkazdi. U klubdagi ilk golini 29-oktabr kuni Selhurst Parkda Kristal Pelas ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi. Matip noyabr oyidagi oʻyinlari uchun Liverpoolning oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

2017–2018-yilgi mavsum

2017-yil 1-oktabrda Matip Nyukaslga qarshi yomon oʻyini uchun tanqid qilindi va Nyukaslning golida aybdor deb topildi. 4-noyabr kuni Matip 2017-2018-yilgi mavsumdagi ilk golini London stadionida West Ham United F.C. klubiga qarshi bahsda kiritdi. 31-mart kuni Kristal Pelasga qarshi oʻyinda Matip sonidan jarohat oldi. 3-aprel kuni Liverpool uni tuzatish uchun operatsiya qilishi kerakligini va mavsumning qolgan qismini oʻtkazib yuborishini eʼlon qildi.

Matip 2018-yil iyul oyida Qoʻshma Shtatlar boʻylab gastrol safarida yana bir mushak jarohatini oldi. Jarohat tufayli u mavsumning yana olti haftasini oʻtkazib yubordi. Fulxemning yangi bosh murabbiyi Klaudio Ranieri qiziqish bildirganiga qaramay, Matip mavsumning qolgan qismida Liverpoolda qoldi.

2019–2020-yilgi mavsum 2019-yilning 4-avgustida Matip 2019-yilgi FA Community Shield oʻyinida Manchester City F.C. darvozasiga gol urdi. U Premer-liga mavsumidagi ilk golini 24-avgust kuni Arsenalga qarshi oʻz uyida gʻalaba qozongan oʻyinda kiritdi. 2019-yilning 18-oktabrida u Liverpool bilan 2024-yilning iyunigacha boʻlgan yangi shartnoma imzoladi.

Uning 2019-2020-yilgi mavsumi jarohatlar bilan kechdi va Joe Gomez tezda uning oʻrnini markaziy himoyachisi sifatida egalladi. Uning birinchi jarohati 2019-yil 20-oktabr kuni Premer-ligada Manchester Yunaytedga qarshi bahsda sodir boʻldi. U 2020-yil 21-iyun kuni Evertonga qarshi Mersisayd derbisida yana jarohat oldi, keyinchalik klub u mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmasligini maʼlum qildi.

Xalqaro karyerasi

Matip 2009-yil 23-dekabrda Kamerun milliy futbol terma jamoasi tomonidan 2010-yilgi Afrika Millatlar Kubogiga chaqirilgan, ammo keyinchalik u turnirda ishtirok etishdan bosh tortgan. U birinchi marta 2010-yilgi FIFA Jahon chempionatida Kamerun terma jamoasi safida Italiyaga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. U ushbu chempionatda jamoaning asosiy oʻyinchilarida biri boʻldi va ikkita oʻyinda maydonga tushdi. Mezbon Braziliyaga qarshi bahsda esa bitta gol urdi. Bu jamoaning turnirdagi yagona goli boʻlib qoldiMatch report.

Shaxsiy hayoti

Matip Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtatining Boxum shahrida sobiq kamerunlik futbolchi Jean Matip oilasida tugʻilgan. U Kamerun terma jamoasi aʼzosi Marvin Matipning ukasi va Joseph-Désiré Jobning amakivachchasi. U Gesamtschule Berger Feld maktabida oʻqigan.

Statistikasi

+Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSchalke 04 II2009–2010Regionalliga West31312010–2011Regionalliga West1010Umumiy4141Schalke 042009–2010Bundesliga203202010–2011Bundesliga260402011–2012Bundesliga303312012–2013Bundesliga323102013–2014Bundesliga313302014–2015Bundesliga212112015–2016Bundesliga34320Umumiy19417162Liverpool2016–2017Premyer-liga291002017–2018Premyer-liga251202018–2019Premyer-liga221002019–2020Premyer-liga91102020–2021Premyer-liga101002021–2022Premyer-liga313102022–2023Premyer-liga141102023–2024Premyer-liga10000Umumiy150950

Sovrinlari

Liverpool Premyer-liga: 2019–2020 Angliya kubogi: 2021-2022 UEFA Chempionlar Ligasi: 2018-2019

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kamerunlik erkak futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:FC Schalke 04 futbolchilari Turkum:FC Schalke 04 II futbolchilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:Regionalliga futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari